Ташкент, Алмазарский район, махаллинский сход граждан Мискин
Corona Flooring — O'zbekistonda laminat pol qoplamalarining ulgurji hamda chakana savdo bilan shug'ullanuvchi kompaniya.
Kompaniyamiz ombor faoliyatini samarali tashkil etish uchun Zav. sklad (Ombor mudiri) lavozimiga mas'uliyatli va tajribali nomzodlarni ishga taklif qiladi.
Vazifalar:
Omborga kelgan mahsulotlarni qabul qilish va joylashtirish.
Mahsulotlarning kirim-chiqimini nazorat qilish va hisobini yuritish.
Ombordagi tovar qoldiqlarini muntazam nazorat qilish.
Inventarizatsiya jarayonlarini tashkil etish va o'tkazish.
Yuk ortish va tushirish ishlarini nazorat qilish.
Ombor xodimlari faoliyatini muvofiqlashtirish.
Omborda tartib, xavfsizlik va tozalikni ta'minlash.
Talablar:
Ombor mudiri yoki shunga o'xshash lavozimda kamida 1 yil ish tajribasi.
Kompyuterda ishlash ko'nikmasi (MS Excel, 1C yoki boshqa ombor hisobi dasturlarini bilish afzallik beradi).
Mas'uliyatli, halol va tartibli bo'lish.
Rahbarlik va jamoa bilan ishlash ko'nikmasiga ega bo'lish.
Muammolarni tezkor hal qila olish.
Ish sharoiti:
Barqaror va o'z vaqtida to'lanadigan ish haqi.
Do'stona jamoa.
Karyera o'sishi imkoniyati.
Agar siz mas'uliyatli va natijaga yo'naltirilgan mutaxassis bo'lsangiz, jamoamizga qo'shilishingizdan mamnun bo'lamiz.