Biz kreativ va tajribali kontent meyker va story meykerlarni ishga taklif qilamiz! Agar siz ijtimoiy tarmoqlar uchun sifatli va interaktiv kontent yaratishda yuqori mahoratga ega bo'lsangiz, bizning jamoamizga qo'shiling!
Vazifalar:
- Ijtimoiy tarmoqlar uchun original va sifatli kontent (rasmlar, videolar, matnli postlar) yaratish.
- Brend va mahsulotlar uchun vizual kontentni ishlab chiqish, reklama va marketing kampaniyalarini qo'llab-quvvatlash.
- Trendlarga asoslangan kontent yaratish va auditoriyani jalb qilish uchun yangiliklardan foydalanish.
- Ijtimoiy tarmoqlarda kontentni rejalashtirish va joylashtirish.
- Story-larda so'rovlar, ovoz berishlar, savollar va boshqa interaktiv elementlar qo'shish orqali foydalanuvchilar bilan aloqada bo'lish.
- Brendga mos keladigan kreativ va vizual tarzda story-larni ishlab chiqish.
- Story-larning samaradorligini tahlil qilish va kerakli o'zgarishlarni kiritish.
- Keng auditoriyaga ta'sir qilish uchun qisqa, lekin mazmunli hikoyalar yaratish.
Talablar:
- Kontent yaratish va ijtimoiy tarmoqlarda ishlashda kamida 2 yil tajriba.
- Foto va video tahrirlash dasturlarini (masalan, Adobe Photoshop, Premiere Pro, Canva) yaxshi bilish.
- Kreativ fikrlash, diqqat-e'tibor va yuqori sifatli ishni bajarishga intilish.
- Platformalar bilan ishlash tajribasi.
- Ijtimoiy tarmoqlardagi trendlarni bilish va ulardan samarali foydalanish.
- Mustaqil ishlash va jamoa bilan samarali aloqada bo'lish qobiliyati.
Afzalliklar:
- Professional o'sish va rivojlanish imkoniyatlari.
- Yaratilish va kreativlikka keng yo'l ochilgan ish muhiti.
- Yangi texnologiyalar va uskunalar bilan ishlash imkoniyati.