Toshkent viloyati statistika boshqarmasi Bo'ka tumani statistika bo'limi jamoasi mas'uliyatli, tashabbuskor va tahliliy fikrlash qobiliyatiga ega nomzodni Bosh mutaxassis lavozimiga taklif etadi.
Agar siz rasmiy statistika sohasida ishlash, hududiy statistika organlari faoliyatini rivojlantirish, statistik ma'lumotlar sifati va ishonchliligini ta'minlash hamda davlat boshqaruvi tizimining muhim yo'nalishlarida o'z hissangizni qo'shishni istasangiz — ushbu vakansiya aynan siz uchun!
Lavozim majburiyatlari:
- xizmat, savdo va narx statistikasi bo'yicha hisobotlar hamda statistik kuzatuvlarni tashkil etish va yuritish;
- statistik hisobotlarni qabul qilish, tahlil qilish va ularning sifatini ta'minlash;
- xo'jalik yurituvchi subyektlarga statistik hisobotlarni taqdim etish bo'yicha uslubiy va konsultativ yordam ko'rsatish;
- bo'lim faoliyatida zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish va elektron axborot tizimlari bilan ishlash;
- tarkibiy bo'linmalar hamda boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda vazifalarni bajarish;
- o'ziga biriktirilgan yo'nalish bo'yicha choraklik va yillik KPI ko'rsatkichlarining bajarilishini ta'minlash;
- nazoratdagi xatlar, topshiriqlar va murojaatlarning o'z vaqtida hamda sifatli ijrosini ta'minlash;
- jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, hujjatlarni rasmiylashtirish va arxivga topshirish jarayonlarini tashkil etish;
- statistik faoliyatni takomillashtirish bo'yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish;
- xizmat vazifalarini amaldagi qonunchilik va ichki me'yoriy hujjatlar talablariga muvofiq bajarish.
Malakaviy talablar:
- iqtisodiyot, statistika, matematika, axborot texnologiyalari, moliya yoki boshqa tegishli yo'nalishlar bo'yicha oliy ma'lumot;
- statistika, iqtisodiyot yoki tahliliy yo'nalishlarda ish tajribasiga ega bo'lish ustunlik hisoblanadi;
- statistik ma'lumotlarni yig'ish, qayta ishlash va tahlil qilish ko'nikmalariga ega bo'lish;
- O'zbekiston Respublikasining rasmiy statistika sohasiga oid qonunchilik hujjatlari va me'yoriy-huquqiy bazasini bilish;
- MS Office dasturlarida, ayniqsa Excel bilan ishonchli ishlash ko'nikmasi;
- elektron hujjat aylanishi va axborot tizimlaridan foydalana olish;
- tahliliy fikrlash, mas'uliyatlilik, tashabbuskorlik va yuqori ijro intizomi;
- davlat tilini mukammal bilish, rus va ingliz tilini bilish ustunlik hisoblanadi.
Afzalliklar:
- Mehnat qonunchiligiga muvofiq rasmiy ishga qabul qilish;
- Davlat statistika tizimida barqaror faoliyat yuritish va kasbiy rivojlanish imkoniyati;
- Muhim statistik loyihalar hamda davlat ahamiyatiga ega vazifalarda ishtirok etish;
- Barqaror va o'z vaqtida to'lanadigan munosib ish haqi;
- Ish jadvali: 5/2, to'liq ish kuni;
- Qonunchilikka muvofiq ijtimoiy kafolatlar va imtiyozlar;
- Zamonaviy ish muhiti va professional jamoada faoliyat yuritish;
- Tashkilot hisobidan malaka oshirish va o'quv dasturlarida qatnashish imkoniyati.