Keep Marketing — bizneslarni rivojlantirishga yo'naltirilgan marketing agentligi. Biz SMM, marketing strategiyasi, brending va digital marketing yo'nalishlarida xizmat ko'rsatamiz. Biz uchun kuchli marketing nafaqat natija, balki ishonchli reputatsiya va to'g'ri kommunikatsiyadan boshlanadi.
Shu sababli jamoamizga kreativ fikrlaydigan, kuchli kommunikatsiya ko'nikmalariga ega va brend obro'sini rivojlantirishni biladigan PR Menejer qidirmoqdamiz.
Sizning asosiy vazifalaringiz
- Kompaniyaning PR strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish;
- Brendning ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy maydondagi imijini rivojlantirish;
- Blogerlar, OAV va hamkorlar bilan samarali aloqalarni yo'lga qo'yish;
- Tadbirlar, media uchrashuvlari va PR kampaniyalarini tashkil etish;
- Kompaniya haqida chiqayotgan axborotlarni monitoring qilish va tahlil etish;
- Marketing va SMM jamoasi bilan birgalikda kommunikatsiya loyihalarini amalga oshirish;
- Brendning tanilish darajasini oshirish bo'yicha yangi g'oyalarni taklif qilish.
Sizdan kutamiz
- PR sohasida kamida 1 yillik ish tajribasi;
- Kuchli yozma va og'zaki muloqot ko'nikmalari;
- OAV, blogerlar va hamkorlar bilan ishlash tajribasi;
- O'zbek va rus tillarini erkin bilish (ingliz tili afzallik beradi);
- ChatGPT va boshqa AI vositalaridan foydalana olish;
- Mas'uliyatli, tashabbuskor va natijaga yo'naltirilgan yondashuv.
Biz nimani taklif qilamiz
- Raqobatbardosh ish haqi (suhbat jarayonida muhokama qilinadi);
- Kompaniya brendi rivojlanishida muhim rol o'ynash imkoniyati;
- Turli loyihalar va yirik mijozlar bilan ishlash tajribasi;
- Professional rivojlanish va martaba o'sishi imkoniyati;
- Zamonaviy va kreativ jamoada ishlash;
- Ish formati — oflayn;
- Ish grafigi — 6/1, 10:00–19:00;
- Ofis — Toshkent shahri, Minor metro bekati yaqinida.