Ташкент, Юнусабадский район, массив Минор, 70
Keep Marketing — bizneslarning rivojlanishiga xizmat qiluvchi zamonaviy marketing agentligi. Biz SMM, brending va marketing strategiyalarini ishlab chiqamiz hamda kompaniyalar uchun natijaga yo'naltirilgan kontent yaratamiz.
Hozirda jamoamizga kreativ fikrlaydigan, vizual didi kuchli va zamonaviy trendlarni kuzatib boradigan Videograf / Montajyor qidirmoqdamiz.
Mijozlar uchun foto va video kontentni suratga olish;
Instagram Reels, Stories va TikTok formatidagi qisqa videolarni tayyorlash;
YouTube uchun Long va Shorts videolarni suratga olish hamda montaj qilish;
SMM menejer bilan birgalikda kontent rejasini amalga oshirish;
Kreativ g'oyalarni taklif qilish va kontent sifatini doimiy ravishda oshirish;
Video va audio materiallarni professional darajada montaj qilish;
Suratga olish jarayonini mustaqil tashkil etish va sifat nazoratini ta'minlash.
Videograf yoki montajyor sifatida kamida 1 yillik ish tajribasi;
Adobe Premiere Pro, After Effects va DaVinci Resolve dasturlarida erkin ishlash;
Kadr kompozitsiyasi, rakurs, yorug'lik va ranglar bilan ishlashni yaxshi tushunish;
Kamera va suratga olish uskunalari bilan ishlash tajribasi;
ChatGPT va boshqa AI vositalaridan ish jarayonida foydalana olish;
Kreativ fikrlash, mas'uliyat va tafsilotlarga e'tibor;
Raqobatbardosh ish haqi (suhbat jarayonida muhokama qilinadi);
Turli biznes yo'nalishlari uchun kreativ loyihalar ustida ishlash;
Professional texnika va zamonaviy ish muhiti;
O'z g'oyalaringizni amalga oshirish va ijodiy erkinlik;
Kasbiy rivojlanish va martaba o'sishi imkoniyati;
Kuchli marketing jamoasi bilan ishlash;
Ish formati — oflayn;
Ish grafigi — 6/1, 10:00–19:00;
Ofis — Toshkent shahri, Minor metro bekati yaqinida.
Biz kontentni shunchaki suratga olmaymiz — biz bizneslarga natija olib keladigan videolar yaratamiz. Siz turli loyihalar, brendlar va formatlar bilan ishlaysiz, yangi g'oyalarni sinab ko'rasiz va portfoliongizni kuchli кейсlar bilan boyitasiz.
Agar siz videografiya va montajni shunchaki kasb emas, balki ijod deb bilsangiz hamda har bir videoni yuqori sifatda yaratishga intilsangiz, rezyumeyingiz va portfoliongizni bizga yuboring. Biz siz bilan tanishishni kutamiz.