Bankning B2C va B2B mobil ilovalari hamda boshqa raqamli platformalari uchun biznes va tizim talablarini tahlil qilish;
Biznes talablarini Functional Requirements, System Requirements va Acceptance Criteria ko‘rinishida ishlab chiqish;
Yangi funksionallarni loyihalash va mavjud funksionallarni takomillashtirish bo‘yicha tahliliy ishlarni olib borish;
REST API va tashqi tizimlar bilan integratsiyalar bo‘yicha texnik talablarni ishlab chiqish;
Dasturchilar va QA muhandislari uchun texnik topshiriqlar, Sequence Diagram, API Specification va boshqa texnik hujjatlarni tayyorlash;
Biznes jarayonlarini tahlil qilish va optimallashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
Dasturiy ta'minotni ishlab chiqish jarayonida biznes, ishlab chiquvchilar, QA va boshqa manfaatdor tomonlar o‘rtasida samarali kommunikatsiyani ta'minlash;
Tizim integratsiyalari va bizne\s jarayonlarida yuzaga keladigan muammolarni tahlil qilish hamda yechimlar ishlab chiqish;
API va tizim hujjatlarini tayyorlash, yangilash va dolzarb holatda saqlash;
Funksional yechimlarning sifatini nazorat qilish, test ssenariylarini shakllantirishda ishtirok etish va ishlab chiqilgan funksionallarning biznes talablariga mosligini ta'minlash;
Yangi texnologiyalar, arxitektura yechimlari va biznes jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
Talablar:
Axborot texnologiyalari, amaliy matematika, iqtisodiyot yoki axborot tizimlari yo‘nalishlarida oliy ma’lumot;
Bank, moliya, fintech yoki e-commerce sohalarida kamida 6 yillik ish tajribasi;
Biznes va tizim tahlili bo‘yicha amaliy tajriba;
Biznes talablarini yig‘ish, tahlil qilish va tizim talablariga transformatsiya qilish ko‘nikmasi;
REST API, mikroservislar va tizimlararo integratsiya tamoyillarini yaxshi tushunish;
SQL va ma’lumotlar bazalari bilan ishlash bo‘yicha amaliy bilimlar;
API hujjatlari (Swagger/OpenAPI), Postman va boshqa API testlash vositalari bilan ishlash tajribasi;
UML, BPMN, Sequence Diagram, Activity Diagram, Use Case Diagram va ER Diagramlarni tuzish tajribasi;
Agile, Scrum va Waterfall metodologiyalari bilan ishlash tajribasi;
Jira va Confluence bilan ishlash ko‘nikmasi;
Git bilan ishlash bo‘yicha asosiy tushunchaga ega bo‘lish;
Linux muhiti va dasturiy ta'minotni ishlab chiqish jarayonlari haqida umumiy bilimlarga ega bo‘lish;
Analitik fikrlash, muammolarni tizimli hal qilish va texnik hujjatlar tayyorlash qobiliyati;
Jamoada samarali ishlash hamda biznes, dasturchilar, QA muhandislari va boshqa manfaatdor tomonlar bilan samarali hamkorlik qilish ko‘nikmalari.