“UzAuto Motors” AJ Ehtiyot qismlarni sotish direksiyasi “Hududiy omborni boshqarish” bo‘limi, Toshkent shahar “Sergeli” omboriga ‘‘Yuklagiсh haydovchisi” lavozimiga zahira shakllantirish maqsadida tanlov taklif qilamiz.
Аsosiy vazifalari:
- Yuklagich yordamida yuk ko‘tarish quvvatiga qarab turli xil yuklarni yuklash, tushirish va tashish ishlarini amalga oshirish;
- Yuklagichni yaxshi ishlovchi holatida saqlash;
- Asbob koʻrsatkichlarini, yogʻ bosimi va sovitish suyuqligi haroratini oʻlchagichlarini va tormozlarni nazorat qilish;
- Yuklagichni kunlik texnik koʻrikdan oʻtkazish;
- Yuklagichni xavfsiz ishlashini taʼminlash;
- Eksport uchun jo‘natilayotgan yuk solingan taralarni yuk tashuvchi mashinalarga tartibli joylashtirish;
- Ombordagi ehtiyot qismlarni keyingi partiyalar uchun tartibga solish;
- Omborda ishlatiladigan asboblarni tozalash va moylash.
Таlаblаr:
- Ma’lumoti: O‘rta yoki o‘rta-maxsus ma’lumotli;
- Yashash manzili: Toshkent viloyati Sergeli tuani va Sergeli omboriga yaqin hududlardan bo‘lishi maqullanadi;
- Til ko‘nikmalari: o‘zbek tillarida ravon ham og‘zaki ham yozma bilishi;
- Ehtiyot qismlarning terminlarini, turlarini va hususiyatlarini tushunishi;
- Avtomobil ehtiyot qismlarining nomlari va umumiy tavsiflari bilan ishlashni;
- Jinsi: erkak;
- Yoshi: 20 yoshdan 50 yoshgacha;
- Korxona siyosati, prinsiplari, strategiyalarini tushinishi kerak.
Mehnat sharoitlari:
- Ijtimoiy paket;
- Mehnat ta’tili;
- Maxsus uniforma;
- Tibbiy ko‘rik va malaka oshirish kurslari;
- O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksiga muvofiq ish bilan taʼminlash;
- Ish haqi: Mehnat shartnomasi asosida;
- Ish vaqti: Ish grafik asosida;
- Ish joyi: Toshkent viloyati, Sergeli tumani