Tashkilotimizga buxgalter ishga taklif etiladi (ayol kishi)
Manzil: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Nurmakon ko‘chasi, 31-uy
Vazifalar:
- Birlamchi hujjatlar bilan ishlash (shartnomalar, hisob-fakturalar, ishonchnomalar va boshqalar);
- Kontragentlar bilan ishlash (shartnomalar, yuk xatlari, hisob-fakturalar, TTYX (tovar-transport yuk xati) va boshqalar);
- Buxgalteriya hujjatlarini yuritish va nazorat qilish.
Talablar:
- Kompyuterdan erkin foydalana olish (Microsoft Office);
- Mas’uliyatli, diqqatli va intizomli bo‘lish;
- 1C 8.3, didox.uz, mysoliq.uz, mymehnat.uz, my3soliq.uz va tasnif.uz tizimlarini bilish;
- Buxgalteriya hisobi asoslari hamda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligini bilish;
- Rus tilini o‘rta darajada bilish;
- Kamida 1 yillik ish tajribasi.
Taklif etamiz:
- O‘z vaqtida va munosib ish haqi;
- O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ishga joylashtirish;
- Kasbiy va shaxsiy rivojlanish imkoniyati;
- Issiq va mazali tushlik;
- Ish vaqti: 09:00 dan 18:00 gacha;
- To‘liq ish kuni.