Ташкент, улица Шота Руставели, 53
SMM menejer bo‘lib rivojlanishni xohlaysizmi?
Registon o‘quv markazi SMM sohasiga qiziqadigan, kreativ kontent yaratishni yoqtiradigan va kuchli jamoada ishlashni istagan nomzodlarni o‘z jamoasiga taklif qiladi.
📍 Toshkent shahri | Yakkasaroy tumani
Talablar:
— SMM va raqamli marketingga qiziqish;
— Instagram, Telegram, Facebook va boshqa ijtimoiy tarmoqlar bilan ishlash ko‘nikmasi;
— Kontent reja tuzish va postlar yozishni bilish;
— Canva, Photoshop yoki boshqa dizayn dasturlaridan foydalana olish;
— Kreativ fikrlash va trendlarni kuzatib borish;
— Jamoa bilan ishlash ko‘nikmasi;
— Mas’uliyatlilik va natijaga yo‘naltirilganlik.
Ish vaqti:
🕑 14:00 – 20:00 | 6/1
Takliflar:
— 3 000 000 – 8 000 000 so‘mgacha oylik maosh;
— Real loyihalarda ishlash va portfolio shakllantirish imkoniyati;
— Professional marketing jamoasi bilan birga o‘sish;
— Zamonaviy marketing va SMM bo‘yicha tajriba orttirish;
— O‘quv kurslarimizga 50% gacha chegirmalar.
📩 Agar siz SMM sohasida rivojlanib, shaxsiy brendingiz va professional ko‘nikmalaringizni yangi bosqichga olib chiqmoqchi bo‘lsangiz, quyidagi havola orqali anketa to‘ldiring:
Yaqinlaringizga ham ulashishni unutmang! 🚀