Mobilograf

GRAND AKBAR INVEST

Mobilograf

Янгиюль

Описание вакансии

Akbar Rich jamoasiga kreativ fikrlaydigan va sifatli kontent yarata oladigan Mobilograf qidirmoqda.

Vazifalar:

  • Reels va boshqa qisqa formatdagi videolarni suratga olish
  • Showroom, ishlab chiqarish va montaj jarayonlaridan video kontent tayyorlash
  • Mahsulotlar va interyerlarni sifatli suratga olish
  • Kontent-reja asosida syomkalarni amalga oshirish
  • Trendlar va yangi formatlarni kuzatib borish
  • Montaj uchun materiallarni tartibli topshirish

Talablar:

  • Telefon orqali professional darajada video olish ko’nikmasi
  • Kadr, rakurs va yorug’lik bilan ishlashni bilish
  • Reels va ijtimoiy tarmoqlar algoritmlarini tushunish
  • Mas’uliyatli va intizomli bo’lish
  • Kreativ fikrlash va tashabbus ko’rsatish
  • Portfolio mavjudligi ustunlik beradi
  • O'zida kamida Iphone 15 Pro telefoni bo'lsa yaxshi

Biz taklif qilamiz:

  • Barqaror ish o’rni
  • O’z vaqtida maosh
  • Zamonaviy va qulay ish muhiti
  • Professional rivojlanish imkoniyati
  • Yirik premium brend loyihalarida ishtirok etish

Ish joyi:

Asosiy ish joyi Toshkent viloyati Yangiyo'l tumanida. Toshkent shaxriga syomkalarga tez-tez chiqib turiladi

Ish vaqti:

6/1, 08:00–17:00

Maosh:

Suhbat asosida (tajriba va ko’nikmalarga qarab)

Akbar Rich haqida:

Akbar Rich — O’zbekistondagi premium MDF eshiklar ishlab chiqaruvchi yetakchi kompaniyalardan biri. Biz shunchaki eshik ishlab chiqarmaymiz. Biz insonlarga o’z uyida ishonch, qulaylik va estetik uyg’unlik hissini yaratamiz.
Bugungi kunda minglab mijozlar va o’nlab hamkorlar Akbar Rich’ni sifat, servis va mas’uliyat ramzi sifatida tanlaydi. Har bir mahsulotimiz zamonaviy texnologiyalar, sifatli materiallar va mukammallikka bo’lgan talab asosida yaratiladi.
Bizning jamoamizda har bir xodim oddiy ijrochi emas, balki kompaniya rivojlanishining muhim qismidir. Shu sababli tashabbus, kreativ fikrlash, mas’uliyat va doimiy o’sishga intilish qadrlanadi.
Agar siz oddiy kontent emas, balki kuchli brend tarixini yaratishni, millionlab insonlar ko’radigan videolar ustida ishlashni va premium segmentdagi yirik kompaniyaning bir qismi bo’lishni istasangiz — Akbar Rich jamoasida siz uchun o’rin bor.

Навыки
  • Умение работать в коллективе
  • Планирование
Посмотреть контакты работодателя

Адрес

Похожие вакансии

  • Ташкент

  • до 12000000 UZS

Рекомендуем
Registan School

Mobilograf

Registan School

  • Ташкент

  • до 7000000 UZS

Рекомендуем

SMM-менеджер/Mobilograf

PO‘LATOV AHMADJON FAHRIDDIN O‘G‘LI

  • Ташкент

  • до 6000000 UZS

Рекомендуем

Хотите оставить вакансию?

Заполните форму и найдите сотрудника всего за несколько минут.
Оставить вакансию