O‘quv bo‘limi mentori (Matematika ingliz tili bo'yicha)
Testbor.uz jamoasiga iqtidorli va mas'uliyatli mutaxassisni taklif qilamiz!
Vazifalar:
- O‘quvchilar bilan matematikadan ishlash va ularning bilim darajasini tahlil qilish;
- O‘quv jarayonini nazorat qilish va takomillashtirish;
- Ota-onalar va o‘quvchilar bilan samarali muloqot olib borish;
- O‘quvchilarning natijalarini kuzatish va rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar berish;
- Ta'lim loyihalarida faol ishtirok etish.
Talablar:
- Matematika fanini yaxshi bilishi(Sertifikat B yoki undan yuqori);
- O‘quvchilarning o‘quv jarayonini kuzatib borish;
- O‘zbek va rus tillarida ravon va chiroyli nutqqa ega bo‘lishi;
- Yosh bolalar bilan ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lishi;
- Mas'uliyatli, tartibli va tashabbuskor bo‘lishi;
- Kompyuter va onlayn platformalardan foydalana olishi;
- Pedagogik tajriba bo‘lsa ustunlik beriladi.
Biz taklif qilamiz:
- Ahil va professional jamoa;
- Barqaror ish o‘rni;
- Kasbiy rivojlanish imkoniyati;
- Raqobatbardosh maosh;
- Zamonaviy ta'lim loyihalarida ishlash imkoniyati.
Agar siz matematikani sevsangiz, bolalar bilan ishlashni yoqtirsangiz va ta'lim sohasida o‘sishni istasangiz, biz sizni jamoamizda kutamiz! 🚀