Bosh texnolog (qandolat ishlab chiqarishi)
Yangi qandolat ishlab chiqarish loyihasi uchun tajribali Bosh texnolog qidirmoqdamiz.
Bizga mavjud ishlab chiqarishda ishlash uchun emas, balki qandolat ishlab chiqarishini noldan tashkil etish va yo‘lga qo‘yishda amaliy tajribaga ega mutaxassis kerak.
Vazifalar: - Qandolat ishlab chiqarishini tashkil etish bo‘yicha texnologik yechimlarni ishlab chiqish.
- Ishlab chiqarish tsexini loyihalashtirishda ishtirok etish.
- Uskunalarni tanlash va joylashtirish bo‘yicha tavsiyalar berish.
- Mahsulot retsepturalarini ishlab chiqish va takomillashtirish.
- Ishlab chiqarish jarayonlarini yaratish va standartlashtirish.
- Sifat nazorati tizimini yo‘lga qo‘yish.
- Ishlab chiqarishni ishga tushirish va barqaror faoliyatini ta'minlash.
Talablar: - Qandolat ishlab chiqarishida kamida 3 yillik tajriba.
- Yirik ishlab chiqarish korxonalarida ishlagan bo‘lishi afzal.
- Ishlab chiqarishni ishga tushirish yoki kengaytirish loyihalarida qatnashgan bo‘lishi ustunlik beradi.
- Texnologik jarayonlar, uskunalar va sifat standartlarini chuqur bilish.
- Mustaqil qaror qabul qila olish va natija uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olish.
Shartlar: - Ish haqi va hamkorlik shartlari nomzodning tajribasidan kelib chiqib kelishiladi.
Loyiha haqida batafsil ma'lumot va hamkorlik shartlari telefon orqali muhokama qilinadi.
Agar siz qandolat ishlab chiqarishini noldan yo‘lga qo‘yish tajribasiga ega bo‘lsangiz, rezyume yuboring.