Ichki auditor

BRB-TECH

Ichki auditor

Ташкент, улица Мукими, 178А

Описание вакансии

Nomzodga qo‘yiladigan talablar:

• Oliy ma’lumotga ega bo‘lishi shart (buxgalteriya hisobi, audit, moliya, iqtisodiyot yoki tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha);
• Ichki auditorlik bo‘yicha amaldagi sertifikatga ega bo‘lishi;
• Ichki audit, moliyaviy nazorat yoki compliance yo‘nalishida kamida 5 yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi;
• Davlat ulushi mavjud bo‘lgan korxona va tashkilotlarda ishlagan bo‘lishi afzallik hisoblanadi;
• Bank, fintech yoki IT kompaniyalarda ishlash tajribasiga ega bo‘lishi afzal;
• O‘zbekiston Respublikasining audit, buxgalteriya hisobi, soliq va korporativ boshqaruvga oid qonunchiligini bilishi;
• Ichki nazorat tizimi, risklarni boshqarish hamda korporativ boshqaruv tamoyillari bo‘yicha bilimga ega bo‘lishi;
• Moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish va audit tekshiruvlarini o‘tkazish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi;
• Jamiyatning biznes-rejasi bajarilishi monitoringini olib borish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi;
• Soliqlar va majburiy to‘lovlarning to‘g‘ri hisoblanishi hamda to‘lanishini tekshirish bo‘yicha bilim va tajribaga ega bo‘lishi;
• Aktivlarni inventarizatsiya qilish va ularning saqlanishini nazorat qilish jarayonlarida ishtirok etish tajribasiga ega bo‘lishi;
• Tarkibiy bo‘linmalarda ichki nazorat va ijro intizomi holatini baholash ko‘nikmasiga ega bo‘lishi;
• Audit xulosalari, yig‘ma va tahliliy hisobotlar hamda tavsiyalar tayyorlash tajribasiga ega bo‘lishi;
• Aniqlangan kamchilik va qonunbuzilishlarni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish hamda ularning ijrosini monitoring qilish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi;
• Ichki va tashqi hujjatlar bilan professional darajada ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lishi, jumladan:
— ichki me’yoriy hujjatlar;
— shartnomalar;
— moliyaviy va buxgalteriya hujjatlari;
— audit hisobotlari;
— davlat organlari bilan yozishmalar va boshqa xizmat hujjatlari;
• Axborot xavfsizligi, ichki nazorat va compliance jarayonlari bo‘yicha umumiy tushunchaga ega bo‘lishi;
• Microsoft Office dasturlarini, ayniqsa Excel dasturini yuqori darajada bilishi;
• O‘zbek tilini mukammal bilishi, rus tilini bilishi afzallik beradi, ingliz tilini bilishi qo‘shimcha ustunlik hisoblanadi;
• O‘rindoshlik asosida, 0,5 stavka shaklida ishlashga tayyor bo‘lishi.

Shaxsiy sifatlar:

• Mas’uliyatlilik va halollik;
• Analitik va tizimli fikrlash qobiliyati;
• Maxfiy ma’lumotlar bilan ishlash madaniyati;
• Yuqori darajadagi e’tibor va aniqlik;
• Kuchli kommunikatsiya va muzokara olib borish ko‘nikmalari;
• Muammolarni tezkor aniqlash va yechim taklif qilish qobiliyati;
• Mustaqil qaror qabul qilish va xolis xulosa bera olish qobiliyati.

Biz taklif qilamiz:

Raqobatbardosh maosh

Yirik bank mahsulotlari ustida ishlash imkoniyati

Professional o‘sish va rivojlanish

Kuchli va tajribali jamoa

Barqaror ish muhiti

Посмотреть контакты работодателя

Адрес

Похожие вакансии

Хотите оставить вакансию?

Заполните форму и найдите сотрудника всего за несколько минут.
Оставить вакансию