Ташкент, Чиланзарский район, проспект Бунёдкор, 7Б к3
Siz oddiy interfeys emas, foydalanuvchi his qiladigan tajriba yaratasizmi? Unda jamoamizda siz uchun joy bor.
Sizning vazifalaringiz:
Veb va mobil ilovalar uchun zamonaviy va adaptiv dizaynlar yaratish;
Qulay, tushunarli va estetik UX/UI yechimlar ishlab chiqish;
Dizayn-sistema: ranglar, shriftlar, komponentlar va style guide’lar tuzish;
Amaldagi interfeyslarni tahlil qilish va yaxshilash;
Interaktiv prototiplar va adaptiv maketlar tayyorlash;
Dasturchilar bilan hamkorlikda dizaynning aniq amalga oshirilishini nazorat qilish.
Biz kimni izlayapmiz?
Bakalavr darajasiga ega mutaxassis;
Kamida 1 yillik UX/UI dizayn tajribasi;
Figma, Photoshop va Illustrator dasturlarini yaxshi bilish;
Veb va mobil ilovalar interfeyslari bilan ishlash tajribasi;
Kreativ fikrlaydigan, detallarga e’tiborli va tezkor inson.
Biz nima taklif qilamiz?
Qulay va zamonaviy ish muhiti;
Korporativ treninglar va rivojlanish imkoniyatlari;
Yirik transformatsiya jarayonlarida ishtirok etish tajribasi;
24 kunlik pullik mehnat ta’tili;
Marafonlarda bank hisobidan qatnashish imkoniyati
Push30 sport ilovasi a’zoligi uchun 70% chegirma
Qiziqarli teambuilding va korporativ tadbirlar
Bayram kunlari bonus va premiyalar