Ташкент, улица Наккашлык, 121
Bizning korxona buyurtma asosida zamonaviy va sifatli mebel (oshxona, shkaf-kupe, ofis, garderob va maxsus loyihalar) ishlab chiqaradi. Jamoamizga tajribali Sotuv menejerini taklif qilamiz.
Asosiy vazifalar:
— Mijozlar bilan birinchi aloqani o'rnatish (showroom, telefon, Telegram, Instagram, sayt orqali kelgan murojaatlar);
— Mijoz ehtiyojini aniqlash, konsultatsiya berish va mos yechim taklif qilish;
— Mebel uchun smeta (kalkulyatsiya) tuzish: o'lchamlar, material, furnitura va ish narxini hisoblash;
— Dizayner va ishlab chiqarish bo'limi bilan birgalikda taklif (KP) va shartnoma tayyorlash;
— Buyurtma jarayonini boshidan oxirigacha kuzatib borish, mijozni o'z vaqtida xabardor qilib turish;
— Sotuv rejasini bajarish, CRM va Excelda hisobotlarni yuritish;
— Mavjud mijozlar bazasi bilan ishlash va takroriy sotuvlarni amalga oshirish.
Talablar:
— Mebel ishlab chiqarish yoki sotish sohasida kamida 1-2 yil tajriba SHART;
— Mebel uchun smeta tuzishni bilish (o'lcham, material, furnitura va ish hajmi bo'yicha hisob-kitob) — majburiy;
— Excel dasturida yaxshi ishlay olish (formulalar, jadval, hisobotlar) — majburiy;
— Mebel chizmalari, materiallari (LDSP, MDF, akril, shpon) va furnituralarini yaxshi tushunish;
— O'zbek va rus tillarini erkin bilish;
— Mijoz bilan ishlash, muzokara olib borish va savdoni yopa olish ko'nikmalari;
— Mas'uliyatlilik, natijaga yo'naltirilganlik va o'z-o'zini tashkillashtira olish;
Biz taklif qilamiz:
— Maosh: 10 000 000 — 30 000 000 so'm (oklad + sotuvdan foiz, natijaga qarab);
— Rasmiy ish joyi va do'stona, kasbiy jamoa;
— Zamonaviy ofis va showroom;
— Mahsulot va sotuv texnikasi bo'yicha bepul o'qitish;
— Karyera o'sishi imkoniyati
— Ish jadvali: Du–Sha, 09:00–18:00, Yakshanba — dam olish kuni.
YATT MIRZOXIDOV KAMRONMIRZO MIRZABOTIR O‘G‘LI
Ташкент
до 17000000 UZS