milliy va xalqaro loyihalar hamda grantlar bilan ishlash bo‘yicha chuqur nazariy va amaliy bilimga ega bo‘lish;
MS Office dasturlari (MS Word, MS Excel, MS PowerPoint) va boshqa ofis dasturlaridan samarali foydalana olish;
SMM (ijtimoiy tarmoqlarda marketing) va mobilografiya sohalarida yetarli tajriba hamda chuqur tushunchaga ega bo‘lish;
ingliz tilini kamida B2 darajasida bilish;
rus tilini muloqot darajasida bilish (qo‘shimcha xorijiy tillarni bilish ustunlik sifatida baholanadi);
tanqidiy-tahlil (SMART/SWOT), jamoada ishlash va tashabbuskorlik qobiliyatiga ega bo‘lish.
Lead Generation: Ijtimoiy tarmoqlar (Instagram, Facebook, YouTube) orqali xalqaro va milliy loyiha va grantlar haqidagi ma’lumotlar oqimini ta'minlash;
Kontent yaratish: Ta’lim tizimiga oid axborotlar bo’yicha professional Reels va postlar tayyorlash;
Keyslar bilan ishlash: Amaldagi mijozlarimizning muvaffaqiyat hikoyalarini (feedback) video-sharh ko'rinishida tayyorlash;
Targeting: Facebook Ads Manager orqali reklama kampaniyalarini sozlash, monitoring qilish va optimallashtirish;
Strategiya: Haftalik va oylik kontent-rejalar tuzish hamda ularning samaradorligini tahlil qilish;
B2B tajribasi: IT-mahsulotlar yoki biznes-xizmatlar sohasida tajribaga ega (ustunlik beradi);
Mobilografiya: Telefon yordamida sifatli video olish va zamonaviy ilovalarda (CapCut) montaj qilishni bilish;
Analitika: Reklama ko'rsatkichlarini (CTR, CPC, CPL) tushunish va raqamlar bilan ishlay olish.
Talablar:
oliy ma’lumotga ega bo‘lish;
magistratura darajasiga ega nomzodlarga ustunlik beriladi.