PDP EcoSystem jamoasi o‘zining kreativ olamini biz bilan birga boyitadigan, yuqori darajadagi vizual kontentlar yarata oladigan mahoratli Video Makerni qidirmoqda!
Agar siz kamerangiz orqali hikoya so‘zlay olsangiz va montaj stolida mo‘jizalar yaratsangiz, biz sizni kutyapmiz.
📌 Sektorlar: PDP University, PDP School, PDP Academy.
🚀 Sizning mas’uliyatlaringiz:
- Ecosystem tarkibidagi brendlar uchun professional video kontentlar (intervyu, reportaj, imidjli roliklar) tasvirga olish;
- Materiallarni professional darajada montaj qilish (Color grading, Sound design, Motion graphics);
- Ssenariy asosida kadrlar rejasini tuzish va yoritish uskunalarini professional sozlash;
- YouTube va ijtimoiy tarmoqlar uchun zamonaviy va yuqori sifatli video formatlarni tayyorlash.
✅ Nomzodga qo‘yiladigan talablar:
- Professional kameralar va yoritish uskunalari bilan ishlashda kamida 3 yillik tajriba;
- Adobe Premiere Pro va After Effects dasturlarini mukammal bilish;
- Kadrni his qilish, kompozitsiya va yorug‘lik bilan ishlashning yuksak mahorati;
- Portfolio mavjudligi shart (portfolio bo‘lmasa, nomzod ko‘rib chiqilmaydi);
- Kreativ yondashuv, o‘z vaqtida topshirish (deadline) va kuchli intizom.
🎁 Biz taklif etamiz:
- Zamonaviy infratuzilmaga ega shinam ofis va ahil jamoa;
- Ta’lim sohasidagi yirik loyihalarda (University, School, Academy) tajriba orttirish;
- Karyera o‘sishi va doimiy o‘z ustida ishlash imkoniyati;
- Raqobatbardosh ish haqi (suhbat asosida belgilanadi).
🗓 Ish grafigi: 5/2 (10:00 – 19:00).