Ташкент, улица Фурката, 2А
"AI Manager Agency" jamoasiga Sotuv menejer ishga taklif qilinadi.
AI Manager Agency yangi avlod raqamli mahsulotlaridan biri — AI Business Integrator online kursi bo‘yicha faol sotuvlarni olib boradi. Bizga mijoz bilan telefon orqali ishonchli muloqot qila oladigan, natijaga ishlaydigan va sotuvni yakunlay oladigan kuchli Sotuv menejeri kerak.
💼 Talablar:
• Sotuv bo‘yicha kamida 6 oylik amaliy tajriba;
• O‘zbek tilida ravon, aniq va ishonchli nutq;
• Mijoz bilan muloqot qilish va ishontirish ko‘nikmasi;
• Rad javoblar bilan ishlay olish va stressga chidamlilik;
• CRM tizimlari bilan ishlash yoki tez o‘rganish qobiliyati.
📌 Vazifalar:
• Kiruvchi leadlar bilan o‘z vaqtida telefon orqali bog‘lanish;
• Toliq sotuv bosqichlarini olib borish;
• CRM tizimida har bir mijoz bo‘yicha to‘liq va aniq ma’lumot yuritish;
• Bo‘lib to‘lash hujjatlarini rasmiylashtirishda ishtirok etish;
• Haftalik va oylik sotuv hisobotlarini tayyorlash va topshirish;
• Belgilangan KPI va sotuv rejasini bajarish va oshirishga intilish.
✅ Qulayliklar:
• Tayyor sotuv skripti va e’tirozlarga javoblar hujjati;
• Har bir mijoz segmenti bo’yicha batafsil ma’lumot;
• Issiq leadlar (marketing orqali keladi — sovuq qo’ng’iroq emas);
• Sotuv treningi va onboarding (birinchi hafta);
• Shaffof KPI va bonus tizimi;
• AI sohasida bilim va tajriba orttirish imkoniyati;
• Ish vaqti: 6/1, 09:30-17:30
• Maosh: fiksa + har bir sotuvdan foiz + KPI bo‘yicha bonus
PERFORMANCE SAYOHAT TRAVEL
Ташкент
до 10000000 UZS