Kontent kopirayter / ssenariy yozuvchi (Testbor)

TESTBOR

Kontent kopirayter / ssenariy yozuvchi (Testbor)

Ташкент, Алмазарский район, махаллинский сход граждан Замондош

Описание вакансии

Oxirigacha ko‘riladigan videolar. Saqlab qo‘yiladigan kontent. Sotadigan matnlar.
Agar bu siz haqingizda bo‘lsa — bizga qo‘shiling.

Testbor — 1–11-sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan onlayn ta’lim platformasi.
Biz matematika, mantiqiy fikrlash, ingliz tili va Prezident maktablariga tayyorgarlik bo‘yicha darslar beramiz.

Platformamizda 24/7 mavjud video darslar bor va mentorlarimiz o‘quvchilarga qiyin mavzularni tushunishga yordam beradi.

Hozir biz kontentni yangi bosqichga olib chiqadigan kreativ kopirayter / ssenariy yozuvchini izlayapmiz.

Vazifalar

• Qisqa videolar (Reels, TikTok, YouTube, Telegram) uchun ssenariylar yozish
• Jalb qiluvchi va sotuvchi matnlar yaratish
• Kontent g‘oyalarini ishlab chiqish (faqat “ilhom kelganda” emas 🙂)
• Matnlarni turli formatlarga moslashtirish: video, post, storis
• Kontent strategiyasini ishlab chiqishda ishtirok etish
• Kontent samaradorligini tahlil qilish va yaxshilash
• Marketing va SMM jamoasi bilan ishlash

Talablar

• Yosh: 18–25
• Tajriba: kamida 6 oy (kopirayting / SMM / ssenariy yozish)
• O‘zbek va rus tillarini bilish
• Savodli va strukturalangan, o‘qishga qiziqarli matnlar yozish qobiliyati
• Qisqa video strukturasini tushunish (hook → ushlab qolish → taklif)
• Kreativ fikrlash va yaxshi “nasmotrennost”
• Mas’uliyat va deadline’larga amal qilish
• Jamoa bilan ishlay olish

Sharoitlar

• Ofisda ishlash (Toshkent, Turin universiteti)
• Ish vaqti: 6/1, 10:00 – 18:00
• Dam olish kuni: yakshanba
• Yosh va energiyaga boy jamoa
• O‘sish va rivojlanish imkoniyati

Maosh

• 5 000 000 — 8 000 000 so‘m (tajriba va natijaga qarab)
• Bonuslar va daromadni oshirish imkoniyati

Agar siz oddiy matnni sotuvchi kontentga aylantira olsang — biz sizi qidiryapmiz.

(Agar shu matnni o‘qib, ichingizda “buni boshqacha yozsa bo‘lardi” degan fikr kelgan bo`lsa — demak, mos kelyapsiz 😄)

Навыки
  • Деловая переписка
  • Копирайтинг
  • Письменный перевод
  • Умение работать в коллективе
Посмотреть контакты работодателя

Адрес

Похожие вакансии

BAXMAL-AGRO STAR
  • Ташкент

  • до 10000000 UZS

Рекомендуем
NAJOT TA’LIM MARKAZI

Dars kontent mutaxassisi

NAJOT TA’LIM MARKAZI

  • Ташкент

  • до 7000000 UZS

Рекомендуем

Хотите оставить вакансию?

Заполните форму и найдите сотрудника всего за несколько минут.
Оставить вакансию