Ташкент, улица Лайлитугон, 22
Biz — restoran va kafe biznesini avtomatlashtiruvchi Biznex POS tizimini ishlab chiquvchi mahalliy IT kompaniyamiz. Hozirda 250+ faol mijozimiz bor va yil oxiriga 1000 ta ga chiqishni maqsad qilganmiz. Jamoamizga natijaga yo'naltirilgan, faol va mas'uliyatli sotuv menejeri qidirmoqdamiz.
Vazifalar
Qo'ng'iroqlar va so'rovlar: Kiruvchi qo'ng'iroqlar va Instagram orqali kelgan murojaatlarni qayta ishlash
Muzokaralar: Kafe va restoran egalari bilan professional muzokaralar olib borish
Taqdimot: Biznex POS imkoniyatlarini ofisda yoki onlayn tarzda taqdim etish
Mijozni kuzatish: Sotuv amalga oshgandan implementatsiya bo'limiga topshirilgunicha jarayonni to'liq nazorat qilish
CRM va hisobot: Mijozlar bazasini AmoCRM da yuritish va muntazam hisobot berish
Talablar
Yoshi: 20 dan 30 gacha
Faol sotuvlar sohasida ish tajribasi (IT, B2B yoki texnik uskunalar — ustunlik)
O'zbek va rus tillarida og'zaki va yozma ravon muloqot
Kompyuter savodxonligi; CRM tizimlari (AmoCRM) bilan ishlash tajribasi
Mas'uliyatlilik
Biz taklif qilamiz
Barcha qulayliklarga ega zamonaviy ofis muhiti
Belgilangan maosh + KPI (o'rtacha 8 mln so'm, natijaga qarab bundan yuqori)
Вoimiy o'sish va malaka oshirish madaniyati
IT Park rezidenti kompaniyada rasmiy mehnat shartnomasi
Muhim: Faqat to'liq ish kuni (full-time) uchun ko'rib chiqiladi. Part-time va masofaviy ish formatida ishlamoqchi bo'lgan nomzodlar murojaat qilmasligini so'raymiz.
Ustunlik: Umumiy ovqatlanish sohasi (restoran, kafe, fast-food) ichki jarayonlarini tushunadigan yoki shu sohalarda ish tajribasiga ega nomzodlarga ustunlik beriladi.