Ташкент, Малая кольцевая дорога, 2А
Biz o'z jamoamizni kengaytirish maqsadida, korporativ huquq, shartnomaviy munosabatlar va sud ishlarini yuritishda boy tajribaga ega bo'lgan, mas'uliyatli va yuqori malakali Professional Yuristni ishga taklif etamiz.
Asosiy vazifalar:
Huquqiy qo'llab-quvvatlash: Kompaniyaning barcha tarkibiy bo'linmalari faoliyatini to'liq huquqiy kuzatib borish va maslahatlar berish;
Shartnomalar bilan ishlash: Murakkab turdagi shartnomalarni (olddi-sotdi, ijara, xizmat ko'rsatish, lizing, tashqi iqtisodiy shartnomalar va h.k.) ishlab chiqish, huquqiy ekspertizadan o'tkazish va muzokaralarda ishtirok etish;
Sud va nizolar: Kompaniya manfaatlarini sudlarda (fuqarolik, iqtisodiy va ma'muriy), davlat organlarida va uchinchi shaxslar bilan bo'ladigan nizolarda himoya qilish. Da'vo ariza va shikoyatlar tayyorlash;
Korporativ boshqaruv: Ta'sis hujjatlarini yuritish, umumiy yig'ilishlar bayonnomalari va ichki buyruqlarni O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiqligini ta'minlash;
Litsenziyalash va ruxsatnomalar: Faoliyat uchun zarur bo'lgan litsenziya va ruxsatnomalarni olish jarayonlarini boshqarish;
Komplayens va xatarlar: Huquqiy xatarlarni (legal risks) aniqlash, tahlil qilish va ularni minimallashtirish bo'yicha choralar ko'rish.
Nomzodga qo'yiladigan talablar:
Ma'lumot: Oliy yuridik ma'lumot (TDYU, JIDU yoki xorijiy oliygohlar bitiruvchilariga ustunlik beriladi);
Ish tajribasi: Yurist lavozimida kamida 3-5 yillik professional ish tajribasi (korporativ sohada tajriba majburiy);
Qonunchilikni bilish: O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik, Mehnat, Xo'jalik, Ma'muriy va Soliq kodekslarini mukammal bilish;
Til bilish darajasi: * O'zbek tili — ona tili (mukammal ish yuritish darajasida);
Rus tili — professional darajada (B2/C1);
Ingliz tili — kamida B1/B2 (huquqiy hujjatlar bilan ishlash qobiliyati).
Ko'nikmalar: Analitik fikrlash, muzokaralar olib borish mahorati, e'tiborlilik va jamoada ishlash qobiliyati.
Ish sharoitlari:
Ish grafigi: 5/2 yoki 6/1 (kelishuv asosida), soat 09:00 dan 18:00 gacha;
Ish haqi: 10 000 000 – 15 000 000 so'm (suhbat natijalariga ko'ra nomzodning malakasiga qarab oshirilishi mumkin);
Manzil: Toshkent shahri;
Karyera: Professional o'sish va yirik loyihalarda ishtirok etish imkoniyati;
O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiylashtirish.
DELFIELD ATLANTIC LLC
Ташкент
до 10000000 UZS
CAEx -Central Asian Expo Uzbekistan (ООО TRADE SHOWS MANAGEMENT SERVICES)
Ташкент
до 15000000 UZS