Biz Odoo tizimi asosida ishlaydigan loyihalarimiz uchun kuchli Python dasturchini qidirmoqdamiz. Asosiy vazifa — tizimni kengaytirish, yangi modullar yaratish va tashqi servislar bilan integratsiyalarni ishlab chiqish.
💼 Ish formati:
— Offline yoki masofaviy (ikkalasi ham mumkin)
— Doimiy yoki loyiha asosida (kelishiladi)
🔧 Vazifalar:
- Odoo uchun modullarni ishlab chiqish va takomillashtirish
- Tashqi tizimlar bilan integratsiya qilish (API, CRM, to‘lov tizimlari va boshqalar)
- Mavjud kodni optimizatsiya qilish va qo‘llab-quvvatlash
- Integratsion va texnik muammolarni tezkor hal qilish
- Texnik yechimlar arxitekturasini ishlab chiqishda ishtirok etish
📌 Talablar:
- Python bo‘yicha mustahkam bilim
- Odoo bilan ishlash tajribasi (majburiy)
- REST API va integratsiyalar bilan ishlagan bo‘lish
- Web-ilovalar arxitekturasini tushunish
- Begona kodni tez tushunib ishlay olish
- Mustaqil ishlash va natija uchun javobgarlik
- Muammolarni 24–48 soat ichida hal qila olish
🧰 Texnologiyalar:
- Python
- Odoo
- PostgreSQL
- REST API
- XML
- Docker (afzallik)
💡 Afzallik bo‘ladi:
- PostgreSQL bilan ishlash tajribasi
- Biznes jarayonlarni tushunish (sotuv, ombor, moliya)
- Performance optimizatsiya tajribasi
- Docker / Linux bilan ishlash
⚡ Biz kimni qidiryapmiz:
- Faqat kod yozadigan emas, balki biznes muammolarini hal qiladigan mutaxassis
- Tez fikrlaydigan va yechim topadigan
- Natija uchun javob beradigan odam
💰 Sharoitlar:
- Maosh tajriba va ish formatiga qarab kelishiladi
- Real biznes loyihalar
- Uzoq muddatli hamkorlik imkoniyati
Ariza topshirish uchun:
O‘zingiz haqingizda qisqacha ma’lumot + Odoo va integratsiyalar bo‘yicha qilgan ishlaringizni yuboring.