Ташкент, Чиланзарский район, улица Чапаната, 28А
22 yildan buyon nashriyot sohasida faoliyat yuritayotgan "DIZAYN PRINT" jamoasi tahririyatiga tajribali va ma`suliyatli muharrirlarni taklif qilamiz!
Vazifalar:
- Kitob va boshqa bosma materiallarni tahrirlash
- Matnlarni imloviy va uslubiy jihatdan tekshirish
- Mualliflar bilan ishlash
- Nashrga tayyorlash jarayonida faol ishtirok etish
Talablar:
- O‘zbek tilini mukammal bilish
- 3–6 yil muharrirlik tajribasi
- Diqqatlilik va mas’uliyat
- Kompyuter savodxonligi (Word va boshqalar)
- Ofisda ishlash
Taklif qilamiz:
- Barqaror ish va oylik maosh
- Tushlik bilan ta’minlanadi
- Bonus va rag‘batlantirish tizimi
- Ijodiy va professional muhit
Ish joyi: Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Cho`ponota ko`chasi 28a-uy
Ish vaqti: 6/1 9:00 - 18:00
Agar siz yangi kitoblarni nashrga tayyorlash va ularni bosib chiqarish sohasida ishlashni xohlasangiz, o`z rezyumelaringizni yuboring!