Описание вакансии
Vakansiya: Sotuv menejeri
Kompaniya: TezzGo
Maosh: 6 000 000 – 15 000 000 so‘m
Bandlik: To‘liq ish kuni
Joylashuv: Toshkent shahri
Kompaniya haqida
TezzGo kompaniyasi sun’iy intellekt yordamida ishlaydigan smart xolodilniklar ishlab chiqaradi va shu xolodilniklar orqali turli tashkilotlarda servis xizmatlarini tashkil qiladi.
Hozirda kompaniya Toshkent shahrida 130 dan ortiq tashkilotlarga xizmat ko‘rsatmoqda va faol ravishda kengayib bormoqda. Biz jamoamizni kuchaytirish uchun tajribali sotuv menejeri qidiryapmiz.
Vazifalar
- Yangi mijozlar va hamkor tashkilotlarni topish
- Kompaniya servis xizmatlarini biznes markazlar, klinikalar, o‘quv markazlari, davlat tashkilotlari va boshqa obyektlarga taklif qilish
- Mijozlar bilan uchrashuvlar o‘tkazish va muzokaralar olib borish
- Hamkorlik shartlarini kelishish va yangi shartnomalar tuzish
- Mavjud mijozlar bilan aloqani rivojlantirish
Talablar
- Sotuv sohasida kamida 2 yillik ish tajribasi
- O‘zbek va rus tillarida erkin muloqot qila olish
- Muzokara olib borish va mijoz bilan ishlash ko‘nikmalari
Sharoitlar
- Rasmiy ishga joylashish
- 6 000 000 – 15 000 000 so‘m daromad (fix + bonus)
- Karyera o‘sishi imkoniyati
- Tez rivojlanayotgan innovatsion kompaniyada ishlash
- Yoqimli jamoa va rivojlanish muhiti
Посмотреть контакты работодателя