Ташкент, Шайхантахурский район, массив Бешагач, 1/1
“Glamour Cosmetics” kompaniyasi — Trichup, Vasu Healthcare (Hindiston), TonyMoly (Koreya) va Note Cosmetics (Turkiya) kabi mashhur brendlarning halol kosmetika va parfyumeriya mahsulotlari bo‘yicha eksklyuziv distribyutori hisoblanadi.
Kompaniyamiz jamoasiga mas’uliyatli va tajribali mutaxassislarni taklif etadi.
(Yosh chegarasi 19-30)
Vazifalar:
Birlamchi buxgalteriya hujjatlarini rasmiylashtirish
Realizatsiya bo‘limida buxgalteriya hisobini to‘g‘ri va o‘z vaqtida yuritish
1C 8.3 dasturida ishlash (EDO tizimini bilish), shuningdek Soliqservis, Didox, my.soliq platformalari bilan ishlash
Ishonchnomalar va elektron tovar-transport yuk xatlari (ETTN) ni rasmiylashtirish
Chiqim hisob-fakturalarini tizimga kiritish
Bank operatsiyalarini hisobga kiritish
Soliq hisobotlari asosida inkassatsiya va terminal tushumlarini kiritish hamda ularning soliq tizimida to‘g‘ri aks etishini nazorat qilish
Debitorlar bilan ishlash (o‘zaro hisob-kitoblarni solishtirish dalolatnomalarini tuzish)
Yuqoridagi uchastkalar bo‘yicha hujjatlarni yuritish
Bosh buxgalterning topshiriqlarini bajarish
Talablar:
Oliy yoki o‘rta maxsus ma’lumot
Realizatsiya bo‘yicha buxgalter sifatida 1–3 yil ish tajribasi (savdo, ulgurji yoki chakana savdo sohasida bo‘lsa ma’qul)
Tovar operatsiyalari va realizatsiya hisobini bilish
1C 8.3 (Savdo va ombor) dasturini yaxshi bilish
Excel va Word dasturlaridan erkin foydalanish
O‘zbek va rus tillarida erkin muloqot qilish
Ish sharoitlari:
To‘liq ish kuni
Ish vaqti: 09:00 dan 18:00 gacha
Sinov muddati: 3 oy
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq rasmiy ishga qabul qilish
Zamonaviy ofis sharoitlari
Bepul tushlik
To‘liq jihozlangan ish joyi
ASSISTANT BUSINESS MARKET
Ташкент
до 7000000 UZS
Ташкент
до 10000000 UZS