Самарканд
Vazifalar:
- yuridik shaxslarga va yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan tadbirkorlik subyektlariga ajratilgan kreditlarni maqsadli ishlatilishi oʻrganish;
- yuridik shaxslarga va yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy ahvoli, biznes-rejalarning bajarilishi va garov saqlanishini holatini monitoring qilish;
- “Hard collection” bosqichlarida kredit qarzdorliklarni undirilishini taʼminlash;
- jismoniy va yuridik shaxslarning 1+ kundan 90 kungacha boʻlgan kredit qarzdorliklarini undirilishini taʼminlash;
- bank kredit portfelida mavjud muammoli kreditlar boʻyicha tahliliy maʼlumotlarni tayyorlash hamda muammoli kreditlarni kamaytirish va muddatidan oldin soʻndirish boʻyicha takliflar tayyorlash;
- garov taʼminotlari bilan ishlash yaʼni, kredit taʼminotlarini almashtirish va qisman taʼminotdan ozod qilish boʻyicha arizalarni koʻrib chiqish va xulosa tayyorlash;
- kreditlarni prolongatsiya (restrukturizatsiya) qilish boʻyicha hujjatlarni koʻrib chiqish va xulosa tayyorlash;
- muddatida qaytarilmagan kredit va foizlari boʻyicha toʻlov talabnomasi rasmiylashtirilish va dasturga biriktirish;
- mijozlarga monitoring davomida aniqlangan xato va kamchiliklar yuzasidan ogohlantirish xatlari yuborilish;
- bevosita faoliyatiga doir murojaat/eʼtirozlari bilan ishlash;
- audit tekshiruvida aniqlangan kamchiliklarni tizimli bartaraf etish boʻyicha ishlash;
bankning ichki meʼyoriy hujjatlari hamda boshqa hujjatlari loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
- Lavozim yoʻriqnomasida koʻrsatilgan boshqa vazifalar.
Talablar:
- kamida 1 yillik kreditlash yoʻnalishi boʻyicha ish tajribasiga ega boʻlishi;
- oʻzbek tilini mukammal darajada bilishi;
-rus va ingliz tilini bilishi ustunlikka ega.
mukammal darajada ishlay olishi;
bank tizimi qonunchiligini yaxshi bilishi;
Ish sharoiti:
- Toʻliq 5 ish kuni (9.00–18.00);
- ish joyi bankning markaziy idorasida;
-Ish haqi + ish hajmi va erishilgan yutuqlardan kelib chiqqan holda oylik mukofot.