Зангиатинский район
📢 Vakansiya: Sotuv bo‘yicha menejer
Quyosh fotoelektr stansiyalarini sotish va o‘rnatish bilan shug‘ullanuvchi "DOVUD ENERGY" jamoasiga sotuv bo‘yicha menejer qidirilmoqda. Biz faol, natijaga yo‘naltirilgan va mijozlar bilan ishlashni yaxshi ko‘radigan nomzodlarni taklif qilamiz.
Kompaniya haqida
Kompaniya quyosh energiyasi sohasida faoliyat yuritadi va mijozlarga zamonaviy fotoelektr stansiyalarini o‘rnatish hamda sotish xizmatlarini taqdim etadi.
Asosiy vazifalar
Yangi mijozlarni qidirish va jalb qilish
Mijozlarga mahsulot va xizmatlar bo‘yicha maslahat berish
Tijorat takliflarini tayyorlash
Mijozlar bilan uchrashuvlar va muzokaralar olib borish
Sotuv rejasini bajarish
Mijozlar bazasini yuritish
Talablar
Muloqot va muzokara olib borish ko‘nikmalari
Faollik, mas’uliyat va natijaga yo‘naltirilganlik
Sotuv sohasida tajriba bo‘lsa ustunlik beradi
Ish sharoitlari
Fiks oylik: 5 000 000 so‘m + bonus yoki KPI tizimida qo'shimcha to'lov
Obed kompaniya hisobidan
Qulay ish muhiti
Do‘stona jamoa
Professional rivojlanish imkoniyati
Ish joyi
Toshkent viloyati, Zangiota tumani,Ark buloq savdo majmui.