Операционный директор (COO)

Операционный директор (COO)

Навои, улица Садриддина Айни, 23E

Описание вакансии

Muhtasham Holding kompaniyasi 10 yildan beri ishlab chiqarish bozorida faoliyat yuritamiz.

Yo‘nalishlarimiz:

  • MDF eshik ishlab chiqarish (asosiy va eng eski mahsulot)

  • Mebel ishlab chiqarish

  • Temir eshik ishlab chiqarish

  • Qurilish-montaj ishlari (tender asosida obyektlarni yutib, to‘liq topshirish)

  • 3 ta IT startup (2 yildan beri rivojlanmoqda)

4 ta viloyatda rasmiy shourumlar.
150+ xodim.
To‘liq vertikal integratsiya: o‘zimiz ishlab chiqaramiz, o‘zimiz sotamiz.

Kompaniya transformatsiya bosqichida:
Sotuv, marketing va HR tizimlari qayta qurilmoqda.

Endi navbat — operatsion boshqaruvni professional darajaga olib chiqish.

Vazifalari:

  • To‘liq operatsion boshqaruv (ishlab chiqarish, savdo, marketing, HR, qurilish yo‘nalishlari)

  • KPI va performance-based boshqaruv tizimini joriy etish

  • Ichki reglamentlar, SOP va biznes jarayonlarni yozish va standartlashtirish

  • Rentabellik va pul oqimini nazorat qilish

  • O‘sish strategiyasini operatsion darajada amalga oshirish

  • Top-menejment jamoasini shakllantirish va rivojlantirish

  • Delegatsiya va accountability tizimini joriy qilish

  • Kompaniyani keyingi 3–5 yillik masshtabga tayyorlash

Biz qidirayotgan profil

  • 7+ yillik rahbarlik tajribasi

  • Kamida 100+ xodimli biznesda rahbar sifatida ishlagan

  • Ishlab chiqarish yoki qurilish sohasida tajriba katta ustunlik

  • Jarayonlarni noldan qurish tajribasi

  • Kuchli moliyaviy fikrlash (P&L tushunishi shart)

  • O‘sish va optimizatsiya mindset

  • Egoning emas, natijaning tarafdori

Taklif qilamiz

  • 20 000 000 – 40 000 000 so‘m fix (tajriba va natijaga qarab)

  • KPI va savdo natijasiga bog‘langan bonus tizimi

  • Rasmiy ish

  • Katta real sektor loyihasi

  • Qaror qabul qilish vakolati

  • Asoschi bilan bevosita strategik ishlash

  • Kompaniyada real o‘sish va equity muzokara qilish imkoniyati (natijaga qarab)

Навыки
  • Оптимизация бизнес-процессов
  • Управление командой
  • Управление процессами
  • Стратегическое мышление
  • Управление эффективностью
  • Лидерство
  • Бизнес-анализ
  • Бизнес-планирование
Посмотреть контакты работодателя

Адрес

Похожие вакансии

Арнест ЮниРусь
  • Навои

  • Не указана

Рекомендуем
АКБ Тенге Банк
  • Навои

  • Не указана

Рекомендуем

Хотите оставить вакансию?

Заполните форму и найдите сотрудника всего за несколько минут.
Оставить вакансию