Qoraqalpog`iston Respublikasi bo`yicha anderrayting boshqarmasi menejeri

Qoraqalpog`iston Respublikasi bo`yicha anderrayting boshqarmasi menejeri

Нукусский район

Описание вакансии

Kreditlarni ma’qullash departamenti tarkibidagi Qoraqalpog`iston Respublikasi bo`yicha anderrayting boshqarmasi menejeri

Talablar:

Oliy iqtisodiy ma’lumot;

MS Office (Word, Excel, Internet Explorer, Power Point) va boshqa elektron dasturlarida mukammal darajada ishlay olishi;

bank tizimi qonunchiligini yaxshi bilishi;

kamida 5 yillik ko‘rsatilgan yo‘nalish bo‘yicha ish tajribasiga ega bo‘lishi, ko‘rsatilgan lavozimda kamida 2 yil (bo‘lim boshlig‘i);

O‘zbek, Qoraqalpoq va rus tillarini yaxshi bilishi;

Ingliz tilini bilishi ustunlikka ega.

Vazifalar:

Yuridik shaxslarning kredit buyurtmalari va ular bo‘yicha mavjud hujjatlarni belgilangan normativ-huquqiy hujjatlar, Markaziy bankning me’yoriy hujjatlari va bankning ichki me’yoriy hujjatlariga muvofiqligini tekshirish;

Elektron ma’lumotlar bazasidan olingan ma’lumotlar tahliliga ko’ra, mijozga kredit ajratish xatarlini aniqlash va ularni kamaytirish yuzasidan takliflar tayyorlash;

Yuridik shaxslarning kredit buyurtmalarini ko‘rib chiqish jarayonida mijozlarning hujjatlarini ularning moliyaviy holati va pul oqimlari harakatini, moliyaviy hisobot ma’lumotlarini, shuningdek, mijoz to‘g‘risida ichki va tashqi ma’lumotlarni to‘plagan holda, belgilangan normativ-huquqiy hujjatlar, Markaziy bankning me’yoriy hujjatlari va bankning ichki me’yoriy hujjatlariga muvofiqligini va loyihalarning o‘zini o‘zi qoplashini tahlil qilish;

Kredit buyurtmalariniing to‘laqonli tahlilini amalga oshirish, korxonaning kreditga layoqatliligini aniqlash, garovni o‘rganish;

Kredit doirasida xarid qilinishi ko‘zda tutilgan uskunalar, jihozlarning va boshqa asosiy vositalarning texnik xususiyatlarini o‘rganish, loyihaning tahlilini amalga oshirish va natijasi yuzasidan yozma xulosa tayyorlash;

Fikrlarni yozma va og‘zaki ravishda erkin va to‘g‘ri ifoda etish;

Tizimli bo‘lish, o‘zgarishlarni boshqarish va ma’lumotlarni tahlil qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lish;

Lavozim yo‘riqnomasida ko‘rsatilgan boshqa vazifalar.

Ish sharoiti:

To‘liq 5 ish kuni (9.00–18.00);

Ish joyi bankning Qoraqalpog`iston Respublikasi hududiy boshqarmasi, Nukus shahri;

Munosib ish haqi.

Посмотреть контакты работодателя

Адрес

Похожие вакансии

Хотите оставить вакансию?

Заполните форму и найдите сотрудника всего за несколько минут.
Оставить вакансию