Matematika o‘qituvchisi (video darslar uchun)

Matematika o‘qituvchisi (video darslar uchun)

Ташкент, улица Юсуфа Хос Ходжиба, 73

Описание вакансии

Kompaniya haqida:

Biz — zamonaviy EdTech loyiha bo‘lib, onlayn ta’lim platformasi ustida ishlayapmiz. Hozir matematika fanidan sifatli va tushunarli video darslar tayyorlash uchun o‘qituvchi qidirmoqdamiz.

Asosiy vazifa

• Matematika fanidan video darslarni kamera oldida tushuntirish
• Dars mavzusini biz taqdim etgan o‘quv dasturi asosida aniq va tushunarli tarzda yetkazish
• Materialni aynan biz ishlab chiqqan tartib va struktura bo‘yicha tushuntirish

Eslatma: barcha o‘quv materiallari, mavzular va dars ssenariylari kompaniya tomonidan beriladi. Nomzoddan talab qilinadigan narsa — studiyaga kelib, materialni sifatli tarzda tushuntirib berish.

Biz uchun eng muhim jihatlar

• Kuchli xarizma va kamera oldida erkin ishlay olish
• Aniq, ravon va tushunarli nutq
• O‘zbek tilini yuqori darajada bilish (ayniqsa og‘zaki nutq)
• Matematika fanini yaxshi darajada bilish

Katta pedagogik tajriba shart emas. Eng asosiysi — fanni yaxshi bilish va uni sodda hamda tushunarli qilib tushuntira olish.

Suratga olish jarayoni

• Video jarayonini professional operator kuzatadi
• Jarayonda tajribali o‘qituvchimiz ham qatnashadi
• Nomzodga metodik va texnik yordam beriladi
• Xatolarning oldini olish uchun jarayon nazorat qilinadi

Talablar

• Mas’uliyatlilik
• Vaqtga rioya qilish
• Uzoq muddatli hamkorlikka tayyorlik
• O‘z ustida ishlashga tayyorlik

Biz taklif qilamiz

• Moslashuvchan ish grafigi (talabalar uchun qulay)
• O‘qish bilan birga ishlash imkoniyati
• O‘z vaqtida maosh to‘lanishi
• Professional jamoa bilan ishlash
• Uzoq muddatli hamkorlik imkoniyati

Посмотреть контакты работодателя

Адрес

Похожие вакансии

Хотите оставить вакансию?

Заполните форму и найдите сотрудника всего за несколько минут.
Оставить вакансию