Прораб

Прораб

Навои, улица Садриддина Айни, 23E

Описание вакансии

Muhtasham Holding kompaniyasi qurilish bo'limiga uchastka boshlig'i (Prorab) qidiryapti!

Vazifalar:

  • Qurilish-montaj ishlarini loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq tashkil etish va nazorat qilish;

  • Ish jarayonlarining sifatini, mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi talablariga rioya etilishini ta’minlash;

  • Qurilish maydonida ishchi kuchi, maxsus texnika va qurilish materiallaridan samarali foydalanishni tashkil etish;

  • Ish grafigi va ishlab chiqarish rejalarini tuzish hamda bajarilishini monitoring qilish;

  • Subpudratchilar faoliyatini muvofiqlashtirish va texnik hujjatlarni yuritish;

  • Buyurtmachi va texnik nazorat vakillari bilan o‘zaro hamkorlikni olib borish.

Talablar:

  • Qurilish sohasida oliy yoki o‘rta maxsus texnik ma’lumot;

  • Prorab yoki uchastka boshlig‘i sifatida kamida 3–5 yillik ish tajribasi;

  • Qurilish me’yorlari va qoidalarini (KMK, SHNK va boshqalar) mukammal bilish;

  • Loyiha chizmalarini o‘qish va smeta hujjatlari bilan ishlash ko‘nikmasi;

  • Jamoani boshqarish, tashkiliy va analitik fikrlash qobiliyati;

  • Mas’uliyatlilik, tashabbuskorlik va stressga chidamlilik.

Qulayliklar:

  • Korxona hisobidan bepul tushlik, shahar markazidan qulay va shinam ofis;
  • 6/1ish tartibida, soat 09:00dan 18:00ga qadar ish grafigi;
  • Raqobatbardosh oylik maosh; doimiy beriladigan bonuslar;
  • Rasmiy ishlash, lavozimiy o'sish;
  • O'sib borayotgan tizimlashgan kompaniyada ishlash imkoniyati;
  • Yuqori darajadagi qurilish obyektlari qurilishida faol qatnashib katta tajriba olish imkoniyati.
Навыки
  • Строительство
  • Контроль качества
  • Руководство коллективом
Посмотреть контакты работодателя

Адрес

Похожие вакансии

Хотите оставить вакансию?

Заполните форму и найдите сотрудника всего за несколько минут.
Оставить вакансию