Muhtasham Holding eshiklar va mebel fabrikasi Toshkentdagi shourumi uchun sotuvchi-maslahatchi qidiryapti.
Vazifalar:
- Shourumga kelgan mijozlarga xizmat ko'rsatish, ularga maxsulot haqida to'liq ma'lumot berish;
- Mijozlar bilan rasmiy shartnomalar qilish, ulardan oldindan 50% to'lovni qabul qilib olish;
- To'lov qilgan mijozlarni servis menejerlar bilan bog'lab berish;
- Mijozlarga o'zlari tanlagan eshiklarni yetib borishiga xizmat qilish;
- Shourumga tashrif buyurgan mijozlarni CRM va ERP ga ro'yxatdan o'tkazish;
- Har bitta kelgan mijozga chiroyli ko'rinish, xushmuomala kayfiyatda kutib olish;
- Doimiy tarzda yangi mijozlar kelishini o'ylab, shourumda turli yangiliklar qilish.
Talablar (talabalar qabul qilinmaydi):
- Sotuv sohasida ishlagan, oflayn sotuvda tajribasi bor sotuv nimaligini biladigan, mijozlarni og'rig'ini topa oladigan;
- Doimiy tarzda rivojlanishni xohlaydigan, o'z ustida ishlaydigan, tanqidiy va tahliliy fikrlashi kuchli;
- Lavozimiy o'sish va sohaviy rivojlanishga ambitsiyasi bor, farosati yaxshi ishlaydigan;
- Toza-ozoda kiyinadigan, tashqi ko'rinishiga yaxshi e'tibor beradigan, har bitta jihatiga e'tiborli;
- Shaharda yashashi va ish joyiga belgilangan vaqtda kechikmasdan kela olishi shart.
Qulayliklar:
- 6/1 tartibida soat 09:00dan 18:00gacha bo'lgan ish grafigi;
- Lavozimiy o'sish, sohaviy rivojlanish, doimiy tarzda yangiliklarda ishtirok etish;
- O'sib borayotgan kompaniyada katta tajriba olish imkoniyati;
- Korxona hisobidan bepul tushlik, qulay va shinam shourumda ishlash imkoniyati.