Figma va Photoshop dasturlari bilan ishlash ko‘nikmasi;
Vizual ierarxiya, layout va axborot arxitekturasi bo‘yicha keng asosiy bilimga ega bo‘lish va buni ishida qo‘llay olish;
Eskizlar, flow diagrammalar, interfeys dizayn va prototiplash vositalari bilan erkin ishlay olish va ularni muntazam qo‘llash;
Zamonaviy dizayn trend va standartlarini inobatga olgan holda foydalanuvchi interfeyslarini ishlab chiqish;
Mobil ilovalar dizayni bo‘yicha asosiy qoida va standartlarni bilish va ularga amal qilish, jumladan: • iOS Human Interface Guidelines • Material Design Guidelines • UX qonunlari (UX Laws) • Accessibility (foydalanish imkoniyati) bo‘yicha qo‘llanmalar
Dizayn tizimlari va UI-kitlar yaratish va foydalan olish tajribasi;
Moomkin dizayn jarayoni, prinsiplarini o‘rganish va ularga amal qilish.
“Ishni oxiriga yetkazish” ko‘nikmasi
Kichik va o‘rta murakkablikdagi vazifalarni bajarish;
Dizayn ishlarini yakunlash va ularni texnik joriy etish nuqtayi nazaridan ishlab chiqish; natijani dasturchi uchun aniq va tushunarli holatda topshirish;
Mijozlar muammosini hal qilish uchun o‘z mahsulot sohasi bilan tanishib borish.
Ta’sir(Impact)
Kichik vazifalarni yakunlashga hissa qo‘shish, mavjud qo‘llanmalar va hujjatlashtirilgan jarayonlar asosida ishlash;
Har bir dizayn ishini muammo, maqsad va kontekstni aniq belgilashdan boshlash. Oddiy holatlarda muammoni mustaqil hal qilish, yechimlarni tahlil qilish va mavjud ma’lumotlarga asoslangan qaror qabul qilish.
Muloqot va yetakchilik
Jamoaga ish holati haqida aniq ma’lumot bera olish va muammolarni jamoa bilan birgalikda hal qilish;
O‘rganish va rivojlanish imkoniyatlarini izlash;
Fikr-mulohazani (feedback) ochiq qabul qilish va undan saboq olish;
Dizayn uchrashuvlarida (team meeting, design review va boshqalar) faol ishtirok etish, jamoa ishini tushunish va sog‘lom muhit yaratishga hissa qo‘shish;
Moomkin ning asosiy qadriyatlarini o‘rganish va ularga amal qilish.