Tilla mahsulotlarini ishlab chiqarish va tilla mahsulotlarini B2B va B2C sotuvi bilan shug'ullanamiz. Bozorda 23 yildan beri faoliyat yuritamiz.
Biz o‘z jamoamizga 2 nafar sotuv Agenti qidirmoqdamiz.
Nega vakansiya ochildi?
Joriy yilgi asosiy maqsadimiz — jamoani kengaytirish va mijozlar sonini 5 baravar oshirish.
Agar siz tilla sotuvi bo‘yicha tajribaga ega bo‘lsangiz — ishga qabul qilishda katta ustunlikka ega bo‘lasiz.
Biz bilan ishlasangiz, nima olasiz?
Shaffof ish haqi tizimi
Reja ko‘rsatkichlari bajarilganda o‘rtacha daromad: kelishiladi
Maosh oyda 2 marta, o‘z vaqtida beriladi
1 yil+ ishlagach investor bo'lish imkoniyati ( barcha xodimlarga amal qiladi )
Qadriyat muhimligi (kompaniyada qadriyat birinchi o'rinda turadi)
Haroy kompaniya hisobidan o'tirish
Jamoaviy va sport faoliyatlari (o‘yinlar) uchun xarajatlar kompaniya tomonidan 50% qoplab beriladi
Tushlik korxona hisobidan beriladi
Ish jadvali: 09:00–18:00
Yosh va faol jamoa (xodimlarning o‘rtacha yoshi — 28 yosh)
Ochiq va adekvat rahbariyat (savollar bo‘lsa, bevosita murojaat qilish mumkin)
Ishda nimalar bilan shug‘ullanasiz?
Amaldagi va yangi mijozlar bo‘yicha rejalashtirilgan sotuv hajmini bajarish
Mijozlar bilan dastlabki suhbat va mahsulot namoyishini o‘tkazish
Oldindan to‘lov shartlarini rasmiylashtirish va birinchi oylik to‘lovni qabul qilish
Mijozlar bilan doimiy aloqada bo‘lish va to‘lovlarni nazorat qilish
Kimlarni ko‘rishni istaymiz?
B2B yoki B2C sohasida kamida 3 yil tajribaga ega bo‘lgan
Sotish qobiliyati rivojlangan
Yozma va og‘zaki nutqi ravon, tez moslashuvchan
Odamlar bilan muloqot qilishni yoqtiradigan
Mas’uliyatli va tirishqoq
Yaxshi daromad olishni istaydigan