O'zingiz haqingizdagi ma'lumotlar (rezume)ni pochta orqali yuboring.
Asosiy majburiyatlar:
Jamiyatning barcha xo‘jalik operatsiyalarini buxgalteriya hisoblarida aks ettirilish va moliyaviy hisobotlarni o‘z vaqtida tuzish hamda 1C buxgalteriyada ishlash.
Birlamchi va buxgalteriya hujjatlari, hisob-kitoblar va to‘lov majburiyatlarini bajarish, ish haqi fondini sarflash, rasmiy ish haqini hisoblash, pul mablag‘lari, inventarizatsiya buyumlari va asosiy vositalarni inventarizatsiya qilish, buxgalteriya hisobi va hisobotni tashkil etish
Chet el kreditlari bo‘yicha to‘lovlar va xalqaro shartnomalar yuzasidan mijozlar bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish.
Banklar bilan qarzlar bo‘yicha ishlash, debitorlik qarzdorliklarini nazorat qilish va dalolatnomalar tuzish.
Kamomad va noqonuniy xarajatlarning oldini olish, inventarizatsiya jarayonlariga rahbarlik qilish.
Nomzodga qo‘yiladigan talablar:
Ma’lumoti: Iqtisodiyot yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumotli kadr.
Ish tajribasi: Bosh buxgalter lavozimida kamida 7-10 yillik amaliy tajriba.
Bilimlar: O‘zbekiston Respublikasining moliya va soliq qonunchiligi
Ko‘nikmalar: 1C-buxgalteriya, Bank-Klient, Soliq.uz, My.soliq, E-imzo va elektron hisobot tizimlari hamda MS Excel (yuqori darajada) dasturlarida ishlash.
Tillar: O‘zbek tilini bilish (ingliz tili bilimi afzallik beradi).
Asosiy ko‘nikmalar:
Davlat organlariga hisobot topshirish( DSQ, statistika, banklar)
Buxgalteriya hujjatlarini tekshirish va tizimlashtirish Eslatma: Nomzodlar rezume orqali ko‘rib chiqiladi va tanlab olinadi.