Moliyaviy tahlilchi (Financial Analyst)

ISHONCH KREDIT SAVDO

Moliyaviy tahlilchi (Financial Analyst)

Коканд, улица Аскарали Чархий, 1

Описание вакансии

ISHONCH — bu butun O‘zbekiston bo‘ylab 140 dan ortiq filiallariga ega bo‘lgan, shiddat bilan rivojlanayotgan chakana savdo tarmog‘idir. Biz raqamlar ortidagi imkoniyatlarni ko‘ra oladigan va biznes rivojiga hissa qo‘shadigan professional tahlilchini jamoamizga taklif etamiz.

Vazifalar:

  • Hududiy nazorat: Biriktirilgan hudud va filiallar bo‘yicha P&L, EBITDA, Cash Flow hamda debitor/kreditor qarzdorlikni muntazam tahlil qilish;

  • Samaradorlik tahlili: Daromadlilik, xarajatlar va marjaga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash;

  • Moliyaviy barqarorlik: Likvidlikni saqlash, pul tushumlarini prognoz qilish va moliyaviy risklarni oldindan aniqlash;

  • Konsalting: Hududiy va filial rahbarlariga moliyaviy-amaliy maslahatlar berish;

  • Moliyaviy intizom: Xarajatlarni normativ asosda boshqarish va moliyaviy tartiblarga amal qilinishini ta’minlash;

  • Hisobot: Hudud bo‘yicha moliyaviy ko‘rsatkichlar tahlilini Bosh ofisga aniq yechimlar va takliflar bilan taqdim etish.

Nomzodga qo‘yiladigan talablar:

  • Ish tajribasi: Moliya yoki buxgalteriya sohasida kamida 2 yil;

  • Ma’lumoti: Oliy (moliya yoki iqtisodiyot yo‘nalishida);

  • Bilimlar: Moliyaviy hisobotlarni (P&L, Cash Flow, Balance, EBITDA) chuqur tushunish, budjetlashtirish va reja-fakt tahlili bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar;

  • Dasturlar: MS Excel’ni professional darajada bilish (murakkab formulalar, Pivot tables, tahliliy modellar);

  • Ko'nikmalar: Analitik va biznes fikrlash, muammolarga aniq yechimlar taklif qila olish;

  • Safar tayyorgarligi: Oyiga o‘rtacha 7 kun xizmat safarlarida bo‘lish imkoniyati.

Ish sharoitlari:

  • Lokatsiya: Qo‘qon shahri, Bosh ofis;

  • Sinov muddati: 3 oy;

  • Karyera va o‘sish: Kompaniya tomonidan professional o‘quv kurslari va treninglar;

Muhim: Biz faqat raqamlarni ko'radigan emas, balki ularni tahlil qilib, biznesga yechim bera oladigan mutaxassisni qidirmoqdamiz. Agar siz shunday kuchli tahlilchi bo'lsangiz, rezyumengizni kutyapmiz!

Посмотреть контакты работодателя

Адрес

Похожие вакансии

Хотите оставить вакансию?

Заполните форму и найдите сотрудника всего за несколько минут.
Оставить вакансию