Marketolog

Marketolog

Навои, улица Садриддина Айни, 23E

Описание вакансии

Kompaniyamiz eshik va mebel ishlab chiqarish bo'yicha bozorda eng ilg'or kompaniyalardan hisoblanib, yanada rivojlanish va kengayish maqsadida tajribali Marketolog qidiryapti.

Vazifasi:

  • Bozor va raqobachilar tahlilini davomiy qilish, bozordagi aynan bo'sh o'rinlarni aniqlab, biznesni shunga mos strategiyasini ishlab chiqish;
  • Kompaniyaning media va marketing bo'limini 0dan qurish, brend taniqliligi hamda ommaviy trendlar bilan ishlash;
  • Turli PRlar qilish, kompaniyaga ommaning ichidagi ishonchini kuchaytirish bilan ishlash;
  • Media va marketing bo'limini tizimlashtirish, raqamlashtirish va doimiy tarzda tranformatsiyaga tayyorlab borish;
  • Media va marketing jamoasini tuzishda faol ishtirok etish, jamoani kuchaytirish, tajribasiz xodimlarning samaradorligini oshirish maqsadida marketinga aloqador treninglar qilish;
  • Butun kompaniya maxsulotlari (AyTi loyihalar, eshik, metall buyumlar, mebel)ni bozorga olib kirish strategiyalarini ishlab chiqish, aynan shu sohadagi bozorni analiz qilish;
  • Kompaniyaning yillik strategiyasini ishlab chiqishda faol qatnashish, ko'zdan qochirilayotgan nuqtalarini aniqlash va ularga yechim berish;
  • Media bo'limiga alohida e'tibor berib, B2B bozorini egallashga ham diqqat qaratish;
  • B2B bozorni tahlil qilish orqali katta miqdorda mijozlar topishga harakat qilish;
  • Sotuv bo'limi rahbari bilan birgalikda yangi mijozlarni tortib kelish va ularning LTV darajalarini uzaytirish.

Talablar:

  • Marketing sohasida kamida 4yillik tajriba, strategik va kommunikatsion marketingdan yuqori darajada bilimga ega bo'lish;
  • Yuqori darajada tahliliy va tanqidiy fikrlash, boshqaruv ko'nikmasi, jamoa yig'ish, liderlik;
  • SMM bo'limida alohida tajriba, bozor va trendlarni oldindan taxmin qila olishi, bozor bilan birgalikda keta olishi;
  • Shaxsiyati yuqori bo'lgan, fidbeklarga ochiqlik, rivojlanishga tayyor, yangiliklarga doimiy tayyor turadigan va tayyorlay oladigan;
  • Dedlaynga amal qiladigan, tez va mustaqil qaror chiqarish ko'nikmasini shakllantirgan;
  • Zamonaviy bilimlardan xabardor bo'lishi, jamoasini shunga mos tarzda yetaklay olishi shart;
  • Bitta joyda oflayn fultaym tartibda ishlay oladigan, shaxsiy agentligi bo'lmagani yaxshi.

Qulayliklar:

  • Raqobatbardosh oylik maosh, bir oyda ikki marotaba oylik maosh olish imkoniyati;
  • Korxona hisobidan bepul tushlik, jamoa yig'ish va tizimlashtirish imkoniyati;
  • O'sib borayotgan kompaniyada katta tajriba olish imkoniyati;
  • Qulay va shinam ofis, rivojlanish uchun qo'shimcha treninglar;
  • Lavozimiy o'sish, rasmiy ishlash imkoniyati.
Навыки
  • SMM
  • Анализ данных
  • Анализ рынка
  • Социальные сети
Посмотреть контакты работодателя

Адрес

Похожие вакансии

Хотите оставить вакансию?

Заполните форму и найдите сотрудника всего за несколько минут.
Оставить вакансию