Ташкент, Алмазарский район, массив Каракамыш
Marketolog (B2B / Sanoat uskunalari)
Biz — resiver, boiler, (rashetilniy bak) , bufer tank va kompressorlar ishlab chiqaruvchi zavodmiz. Ishlab chiqarish sohasida faol rivojlanib borayotgan kompaniyamizga tajribali, strategik fikrlaydigan va natijaga ishlaydigan marketolog izlaymiz.
Asosiy vazifalar:
Zavod mahsulotlari bo‘yicha marketing strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish
Sotuv hajmini oshirish va yangi mijozlarni jalb qilish
B2B bozorini tahlil qilish, maqsadli auditoriyani aniqlash
Reklama va targ‘ibot kanallarini to‘g‘ri tanlash va boshqarish
Mijozlar oqimini ko‘paytirish uchun raqamli va offline marketing vositalaridan foydalanish
Sotuv bo‘limi bilan yaqin hamkorlikda ishlash
Talablar:
Marketing sohasida amaliy tajriba (afzallik — B2B yoki sanoat yo‘nalishida)
Marketingning asl mohiyatini tushunish (brend, pozitsiyalash, talab yaratish)
Reja asosida ishlash va natija uchun javobgarlikni his qilish
Analitik fikrlash va tashabbuskorlik
Mas’uliyatli, tartibli va o‘z ishiga jiddiy yondashish
Biz taklif qilamiz:
Barqaror ishlab chiqaruvchi zavodda ishlash
Raqobatbardosh ish haqi (tajribaga qarab)
O‘sish va rivojlanish imkoniyati
Natijaga qarab bonus va qo‘shimcha rag‘batlantirish
📩 Agar siz marketingni shunchaki reklama emas, balki sotuvni oshiradigan vosita deb bilsangiz — biz sizni jamoamizda ko‘rishdan mamnun bo‘lamiz.