Ташкент, Мирзо-Улугбекский район, махаллинский сход граждан Олимлар
Tasarrufidagi bo’linmalari mas’ullari tomonidan zamonaviy talablarga muvofiq belgilanadigan axborot siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda ishtirok etish;
axborot sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshirish borasida Tog’-kon sanoati va geologiya vazirligi axborot xizmati hamda davlat va jamoat tashkilotlarining axborot xizmatlari bilan samarali va amaliy hamkorlikni ta’minlash;
keng jamoatchilikni muassasa va uning tasarrufidagi bo’linmalari faoliyati, muassasaning sohaga normativ huquqiy hujjatlari to’g’risida holisona, sifatli va tezkor xabordar qilish;
ommaviy axborot vositalari (keyingi o’rinlarda OAV deb yuritiladi) bilan hamkorlik qilish, doimiy hamkorlikda ishlaydigan jurnalistlar doirasini shakllantirish, axborot xabarlarini tarqatish, muassasada ommaviy tadbirlarni tashkil etish;
muassasaning rasmiy veb-saytida axborotlarni joylashtirish va yangilab borish, Internet tarmog’idagi veb-resurslarni, shu jumladan, ijtimoiy va mobil tarmoqlarni rivojlantirish;
muassasa tarkibidagi bo’linmalardagi mas’ul xodimlar bilan birgalikda milliy va xorijiy OAVda tarqatish uchun xabar, axborot-ma’lumot materiallar, sharhlar va axborot-tahliliy materiallar tayyorlash;
muassasa faoliyatiga nisbatan jamoatchilik fikrining holati hamda OAV pozitsiyasini tahlil qilish va ular to’g’risida muassasa rahbariyatiga axborot berish;
muassasaning faoliyati sohasiga aloqador matnli, foto, audio va videomateriallar ma’lumotlar bankini shakllantirish va yuritish.
Требования: