Фергана, улица Матуриди, 30Б
Biz haqimizda:
Edvora Consulting Group — Avstraliya (Sidney) va O‘zbekiston (Farg‘ona) shaharlarida faoliyat yurituvchi xalqaro ta’lim konsalting kompaniyasi. Biz talabalarga Avstraliyada o‘qish jarayonida halol, shaffof va to‘liq (“end-to-end”) yordam ko‘rsatishga ixtisoslashganmiz. Farg‘onada yangi ofisimizni ochish munosabati bilan jamoamizga mas’uliyatli va muloqotga ochiq ofis administratorini taklif qilamiz.
Обязанности:
Edvora Consulting Group’ni professional tarzda taqdim etish va xizmatlarimiz haqida mijozlarga tushuntirish
Kiruvchi qo‘ng‘iroqlar, xabarlar va onlayn murojaatlarni qabul qilish
Talabalar va ota-onalar bilan yuzma-yuz maslahatlar o‘tkazish
Hujjatlar va ariza topshirish jarayonida yordam berish
Mijozlar bazasini yuritish va ofisning kundalik ishlarini qo‘llab-quvvatlash
Xalqaro jamoa a'zolari bilan doimo muloqotta bo'lish
Ayol nomzod, 22 yoshdan katta
Ish vaqti: 09:00 – 18:00, dushanbadan shanbagacha (tushlik ta’minlanadi)
O‘zbek va ingliz tillarini bilishi majburiy.
Savdo yoki mijozlar bilan ishlash tajribasi ustunlik beradi
Tashkiliy jihatdan tartibli, tashqi ko‘rinishi ozoda, muloqotda ishonchli
Xalqaro kompaniyada barqaror, to‘liq stavkali ish
Qulay ish muhiti va barcha ish jarayonlari bo‘yicha o‘rgatish
Ta’lim sohasida karyera o‘sishi imkoniyatlari
Professional va do‘stona jamoa