Прораб (монолитные железобетонные работы)

COSMO CONSTRUCTION-KJB

Прораб (монолитные железобетонные работы)

Ташкент, Алмазарский район, жилой комплекс Olmazor Business City, 22V

Описание вакансии

Biz qurilish obyektlarini to‘liq boshqara oladigan, brigadirlar va ishlab chiqarish jarayonlari uchun javobgarlikni zimmasiga ola oladigan Prorab izlaymiz.

COSMO CONSTRUCTION MCHJ.

Maqsadimiz — po‘latday mustahkam konstruksiyalar orqali insonlar hayotiga xotirjamlik va barqarorlik olib kirish.

Sizning asosiy vazifalaringiz:

  • Qurilish obyektida monolit temirbeton ishlarini to‘liq tashkil etish va boshqarish

  • Kundalik ishlab chiqarish topshiriqlarini berish va bajarilishini nazorat qilish

  • Brigadirlar va ishchilar ishini rejalashtirish, muvofiqlashtirish va nazorat qilishrejalashtirish, muvofiqlashtirish va nazorat qilish

  • Armatura bog‘lash, qolip (opalubka) o‘rnatish va beton quyish ishlarini texnologiya asosida olib borish

  • Qurilish chizmalari, ishchi loyiha va texnik hujjatlar asosida ishlarni tashkil etish

  • Ish hajmlarini (kubatura, m², tonna) loyiha va smeta hujjatlari bilan solishtirib yuritish

  • Materiallar sarfi va ularning maqsadli ishlatilishini nazorat qilish

  • Texnadzorga QMI.larni topshirish

  • Qurilish ishlarida texnika xavfsizligi va mehnat muhofazasi talablariga rioya qilinishini ta’minlash

  • Bajarilgan ishlar bo‘yicha kunlik, haftalik va oylik hisobotlarni tayyorlash

  • Qurilish sifati, muddatlar va texnologik ketma-ketlikni ta’minlash

Biz kimni izlaymiz:

Majburiy talablar:

  • Ma’lumoti: Qurilish sohasida oliy ma’lumot (sanoat va fuqarolik qurilishi, qurilish injiniringi va sh.k.)

  • Ish tajribasi: Qurilish sohasida master, prorab lavozimida kamida 3 yil

  • Brigadirlar bilan obyekt darajasida ishlash tajribasi

  • Qurilish chizmalari, ishchi loyihalar va smeta hujjatlarini tushunish

  • Smeta bo‘yicha ish hajmlarini amalda tekshira va solishtira olish

  • Monolit temirbeton ishlari texnologiyasi va ketma-ketligini bilish

  • Texnika xavfsizligi qoidalarini bilish va amalda joriy qila olish

Dasturlarni bilish (majburiy):

  • AutoCAD — chizmalarni o‘qish darajasida

  • MS Excel — ish hajmlari va hisobotlar bilan ishlash

  • MS Word — texnik va xizmat hujjatlari bilan ishlash

Afzallik beruvchi talablar:

  • Smeta dasturlaridan kamida bittasini tushunish (Grand Smeta / Smeta.RU / ABC-4)

  • KS-2, KS-3 kabi ish dalolatnomalari bilan ishlagan bo‘lish

  • Brigadirlikdan prorablikka o‘sgan bo‘lish

Qo‘shimcha talablar:

  • O‘zbek tili – erkin, rus tili – ish darajasida

  • Tashkiliy va boshqaruv ko‘nikmalari

  • Mas’uliyat, talabchanlik va natijaga yo‘naltirilganlik

  • Qurilish obyektida faol ishlashga jismonan yaroqli bo‘lish

Biz taklif qilamiz:

  • Barqaror ish haqi + natijalarga bog‘liq bonuslar

  • Rasmiy ishga qabul qilish

  • Barqaror obyektlar va ish hajmi

  • Rivojlanayotgan kompaniyada professional va boshqaruv jihatdan o‘sish

  • Kelajakda Uchastka boshlig‘i lavozimiga o‘sish imkoniyati

    REZYUMENI HH.UZ ORQALI YUBORING. MOSLIK TOPILGAN NOMZODLARGA ALOQAGA CHIQILADI.

Навыки
  • Производство строительно-монтажных работ
  • Управление строительством
  • Строительный контроль
  • Контроль качества
  • Гражданское строительство
  • Общестроительные работы
  • Проектная документация
  • Сметы
  • Руководство коллективом
  • Организаторские навыки
  • AutoCAD
Посмотреть контакты работодателя

Адрес

Похожие вакансии

Полный день
  • Ташкент

  • Не указана

Рекомендуем
Гибкий график
  • Ташкент

  • Не указана

Рекомендуем

Хотите оставить вакансию?

Заполните форму и найдите сотрудника всего за несколько минут.
Оставить вакансию