Distributsiya bo‘yicha savdo rahbari

Distributsiya bo‘yicha savdo rahbari

Ташкент, улица Алишера Навои, 7

Описание вакансии

Head of Sales (Distribution / Distributsiya bo‘yicha savdo rahbari)

Kompaniya: Extrafos
Faoliyat turi: Kompleks mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish

Biz distributsiya tizimini chuqur tushunadigan, siz haqiqatan ham distributsiyada "yangi brend"ni bozorga olib kirishni xohlaydigan va natija qiladigan Head of Sales qidirmoqdamiz.

Lavozim majburiyatlari:

Distributsiya tizimini tashkil etish, boshqarish va rivojlantirish

Brendni bozorga olib kirish va ulushini oshirish bo‘yicha vazifalarni bajarish

  • Savdo agentlarini ishga olish, joylashtirish va tizimli nazorat qilish
  • Agentlar uchun treninglar, sotuv darslari va amaliy o‘qitish
  • Agentlar faoliyati uchun KPI tizimini ishlab chiqish va joriy etish
  • Hududlar kesimida savdo natijalarini nazorat qilish
  • Savdo va distributsiya ko‘rsatkichlarini tahlil qilish

Talablar:

  • Distributsiya sohasida Head of Sales / ROP sifatida amaliy tajriba

  • Respublika bo‘yicha (13 ta viloyat) distributsiyani yo‘lga qo‘yish
    yoki kamida bitta viloyatda distributsiyani noldan tizimli tashkil qilib, rivojlantirgan bo‘lish

  • Savdo agentlari bilan ishlagan, ularni nazorat qilgan va rivojlantirgan bo‘lish

  • Agentlarga sotuvni o‘rgatish va treninglar o‘tkazish tajribasi

  • KPI, reja va nazorat tizimlarini mustaqil qo‘ya olishi

  • Hududiy savdo (viloyatlar kesimida) bilan ishlash tajribasi

  • Natijaga yo‘naltirilganlik, kuchli liderlik va mas’uliyat

Kompaniya tomonidan taqdim etiladi:

  • Respublikaning har bir viloyati bo‘yicha OKB (jami mijozlar bazasi)
    (kontaktlar, manzillar, segmentatsiya)

  • Soha bo‘yicha tayyor bozor strukturasi

  • Mahsulot (product) bo‘yicha to‘liq ma’lumotlar

  • Brendni bozorga olib kirish va rivojlantirish uchun real vakolat va imkoniyatlar

  • Professional marketing jamoasi

  • Shakllangan savdo bo‘limi (call center)

  • Rasmiy ish joyi

Ish sharoitlari:

  • Barqaror va tez rivojlanayotgan kompaniyada ish

  • Natijaga yo‘naltirilgan professional muhit

  • Oylik daromad: 1000 USD + KPI
    (natija qiladigan rahbar uchun daromad cheklanmagan)

Ish joyi manzili:

Toshkent shahri, Shayxontohur tumani,
Alisher Navoiy ko‘chasi, 7-uy
Mo‘ljal: Webster Universiteti

Agar siz haqiqatan ham distributsiyada "yangi brend"ni bozorga olib kirishni xohlasangiz — biz sizni kutyapmiz.

Навыки
  • Distribution Management
  • B2B Продажи
  • Training & Development
Посмотреть контакты работодателя

Адрес

Похожие вакансии

Хотите оставить вакансию?

Заполните форму и найдите сотрудника всего за несколько минут.
Оставить вакансию