Самарканд, Дагбитская улица
Samarqanddagi eng yirik o‘quv markazlaridan biri jamoasiga mas’uliyatli va tartibli Administrator lavozimiga xodim qabul qilamiz.
Agar siz tartibni yoqtirsangiz, hisob-kitobni puxta qiladigan, muammolarni tez hal qiladigan va jamoada ishlashni biladigan inson bo‘lsangiz — sizni kutamiz!
1) To‘lovlar bilan ishlash:
Kunlik to‘lovlarni qabul qilish
To‘lovlarni nazorat qilish va hisobini yuritish
2) Qarzdorlar bilan ishlash:
Qarzdor o‘quvchilar/ota-onalar bilan yuzma-yuz muloqot qilish
Telefon orqali eslatish va to‘lov jarayonini yopish
3) Moliyaviy-texnik ishlar:
Bank hisob raqamiga mablag‘ qo‘yish
Elektr, gaz, suv, internet (Wi-Fi) uchun to‘lovlarni amalga oshirish
Zarur tovarlar/jihozlarni buyurtma qilish va qabul qilib olish
4) Xodimlar bilan hisob-kitob:
Xodimlarga avans va oylik tarqatish
Pul aylanishi bo‘yicha tartibni saqlash
5) Xo‘jalik va tashkiliy ishlar:
Texnik muammolarni hal qilish (yoki hal etishni tashkil qilish)
Markazda umumiy tartib va ish jarayonini nazorat qilish
✅ Tartibli va mas’uliyatli
✅ Halol va ishonchli
✅ Tezkor, muammo yechishga moyil
✅ Muloqoti kuchli, qarzdorlar bilan gaplasha oladigan
✅ Tizimli ishlashni biladigan (tartib-intizom muhim)
✅ Karyeraviy o‘sish kafolatlanadi
✅ Ish natijasiga qarab KPI asosida maosh muntazam oshib boradi
✅ Maosh “bir joyda turib qolmaydi” — natijaga qarab o‘sadi
✅ Kuchli jamoa va rivojlanayotgan tizim
🚫 1 yildan kam ishlashni rejalashtirganlar
🚫 Tabiatan tartibsiz, sust, loqayd va dangasa insonlar
🚫 Tizimga moslasha olmaydigan shaxslar