Biz jamoamizga kamida 1 yillik tajribaga ega SMM menejeri izlayapmiz. Kreativ fikrlaydigan, ssenariy yoza oladigan va belgilangan muddatlarga amal qiladigan nomzodlarni kutamiz.
Talablar:
SMM (mobilografiya) sohasida kamida 1 yil tajriba
Reels / video / postlar uchun ssenariylar yoza olish
Kreativ fikrlash va trendlarni tez ilg‘ash
Dedlaynlarga qat’iy amal qilish
Mas’uliyatli va tashabbuskor
Talabalar qabul qilinadi (faqat sirtqi ta’limdagilar)
Vazifalar:
Ijtimoiy tarmoqlar uchun kontent rejalash
Video ssenariylari yozish va ularni yozilishida faol ishtirok etish
Post va video g‘oyalar ishlab chiqish
Jarayonlarni boshqarish
Kontent joylash va jarayonni nazorat qilish
Natijalarni tahlil qilish va takliflar berish
Biz taklif qilamiz:
Katta jamoada katta tajriba olish imkoniyati
O'sib boruvchi oylik maosh
Agar texnikalari bo'lmasa olib beramiz
Korxona hisobidan bepul tushlik