Sun’iy intellekt, Data Science, Axborot texnologiyalari (IT) yo‘nalishlari bo‘yicha oliy ma’lumot. Mos mutaxassislik bo‘yicha magistr darajasi afzallik hisoblanadi;
Ma’lumotlar tahlili/Sun’iy intellekt yechimlarini ishlab chiqish yo‘nalishida kamida 3 yillik tajribaga ega bo‘lish (bank sohasida ish tajribasi ustunlikga ega);
Python dasturlash tilida mustahkam bilim;
TensorFlow, PyTorch va ML kutubxonalar bilan ishlash ko‘nikmalari;
Ma’lumotlar vizualizatsiyasi uchun Pandas, Matplotlib, Seaborn yoki Power BI kabi vositalardan foydalanish bo‘yicha bilim;
Ma’lumotlar bilan ishlash ko‘nikmalari (SQL, NoSQL, Big Data platformalar – Hadoop, Spark);
O‘zbek va rus tillarini erkin, ingliz tilini mukammal darajada bilish.
Vazifalar
Bank tizimlarida sun’iy intellekt va mashina o‘rganish modellarini ishlab chiqish, sinovdan o‘tkazish va optimallashtirish;
Bank ma’lumotlar bazalari bilan ishlash, katta hajmdagi ma’lumotlarni (Big Data) to‘plash, tozalash va tahlil qilish;
AI modellarini bank mahsulotlariga integratsiya qilish;
Model samaradorligini monitoring qilish, yangilash va parametrlarini sozlash.
Yangi texnologiyalar va algoritmlarni o‘rganish, bank tizimiga tatbiq etish;
Bankning strategik loyihalarida boshqa tarkibiy bo‘linmalar bilan hamkorlik qilish va innovatsion yechimlarni taklif etish.