Mobilock — Asaxiy bilan yaqin hamkorlikda tashkil etilgan, qurilmalarni boshqarish yo‘nalishida tez o‘sib borayotgan texnologik kompaniya. Bizning maqsadimiz — Markaziy Osiyoda qurilmalarni boshqarish bo‘yicha birinchi va eng yirik platformaga aylanish.
Bugungi kunda: Oylik 1500+ to‘lov qiluvchi foydalanuvchilar mavjud Klientlar soni juda tez sur’atda oshib bormoqda Kompaniyada 15+ dasturchi va 150+ xodim faoliyat yuritadi
Sizning vazifalaringiz
- 2-3 ta ekranli, ammo ichida juda murakkab tizim ishlayotgan ilovani chuqur tahlil qilish
- Loglar, tizim xatti-harakatlari va texnik jarayonlar bilan ishlash
- Ilovaning barqarorligi, xavfsizligi va sifatiga real ta’sir ko‘rsatish
- QA engineer sifatida chuqur texnik fikrlashni rivojlantirish
- Qurilmaga to’g’ridan to’g’ri ta’sir ko’rsatadigan Web CRM tizimni testlash
Talablar - Mobil ilovalarni testlash bo‘yicha tajriba
- Kamida 2+ yil QA tajribasi
- Test plan va test case yozish ko‘nikmasi
- Web ilovalarni testlash tajribasi
- Tizimli fikrlash va muammolarni tahlil qila olish
- Ingliz tilini kamida B2 darajada bilish
- Klient-server arxitekturani tushunish
- Android Studio haqida ko’nikmaga ega bo‘lish
Biz nimalarni taklif qilamiz? - Tez o‘sayotgan kompaniyada tez rivojlanish imkoniyati
- Android qurilmalarni eng past darajasigacha tushunish imkoniyati
- Kuchli texnik jamoa
- 8–14 mln so‘m oralig’ida oylik (tajribaga qarab)
- 9:00-18:00 5/2 rejim ish vaqti
- Haftalik ixtiyoriy futbol o’yinlari