Ташкент, Шайхантахурский район, улица Улугбека, 107
Lego Group kompaniyasi loyihalarining kengayishi munosabati bilan o`z jamosiga moliyachi mutaxasisslarni qidirmoqda.
- moliya sohasida o'sishni istagan, g'ayratli va mas'uliyatli yosh mutaxassislarni o'z jamoamizga taklif etamiz. Agar siz raqamlar bilan ishlashni yoqtirsangiz va moliya tahlili yo'nalishida karyera qurmoqchi bo'lsangiz, bu imkoniyat siz uchun!
Vazifalar:
Birlamchi hujjatlar: Kunlik moliyaviy amaliyotlarni hisobga olish va birlamchi hujjatlarni yuritish.
Hisobotlar: Haftalik va oylik moliyaviy hisobotlarni tayyorlashda katta moliya mutaxassisiga ko'maklashish.
Ma'lumotlar bazasi: Moliyaviy ma'lumotlarni tizimga (ERP/Excel/1C) xatosiz kiritish va yangilab borish.
To'lovlar nazorati: Debitorlik va kreditorlik qarzdorliklarini monitoring qilish.
Budjetlashtirish: Kompaniya budjetini rejalashtirish va uning ijrosini tahlil qilish jarayonida ishtirok etish.
Talablar:
Ma'lumot: Moliya yo'nalishida oliy ma'lumot (West va TMI oliygohlarini bitirganlar afzal ko`riladi). Xalqaro moliya sertifikatlari suhbatda ustunlik beradi
Excel bilimlari: MS Excel dasturida ishlash bo'yicha bazaviy ko'nikmalar (VLOOKUP, Pivot Table va mantiqiy formulalar).
Nazariy bilimlar: Moliyaviy hisobot turlari (P&L, Cash Flow, Balance Sheet) haqida boshlang'ich tushuncha.
Tillar: O'zbek tili (mukammal), ingliz tili bilimi qo'shimcha ustunlik beradi.
Shaxsiy sifatlar: Diqqatli bo'lish, raqamlar bilan ishlashda aniqlik va o'rganishga bo'lgan yuqori ishtiyoq.
Imkoniyatlar:
Professional o'sish: Tajribali mentorlar boshchiligida amaliy bilim olish imkoniyati.
Karyera: Junior darajasidan yuqoriga ko'tarilish imkoniyati.
Ish grafigi: 5/2, soat 09:00 dan 18:00 gacha (shinam ofis).
Raqobatbardosh maosh: samaradorlikka qarab o'sib boradi.
Muhit: Yosh va do'stona jamoa.
Global Solutions
Ташкент
до 6000000 UZS
Ташкент
до 8000000 UZS
NURA-HIGH-TECHNOLOGIES
Ташкент
до 8000000 UZS
ИП ООО KTNG GLOBAL TAS
Ташкент
до 8000000 UZS
Mazars Advisory UZ
Ташкент
до 8000000 UZS
Ipotekabank OTP Group
Ташкент
до 8000000 UZS