Самарканд, улица Усто Умаркула Джуракулова, 67
Diqqat! Javoblar 30-yanvargacha qabul qilinadi!
Hammaga salom!
Mening ismim Mansurbek Uzokov, men Samarqandlik tadbirkorman. Hozirda bir nechta yo‘nalishli loyihani rivojlantiryapman: LOFTSTONE - gul tuvaklari ishlab chiqarish, yevrodrova va uy tekstili savdosi. Ayni paytda ishonchli biznes-assistent izlayapman.
Quyidagi vazifalarda yordam kerak bo‘ladi:
— Ishlab chiqarish jarayonlari va texnologiyalarini nazorat qilish
— Dizaynerlar va ishlab chiqarish tsexi bilan ishlash
— Do‘konlar bilan hamkorlik: yetkazib berish bo‘yicha kelishuvlar, yuklama va jo‘natmalarni nazorat qilish
— Marketing bo‘yicha vazifalarni belgilash va nazorat qilish, g‘oyalarni test qilish
— Ishchilarni ishga olishda yordam (yukchilar, payvandchilar, silliqlovchilar) belgilangan mezonlar asosida
— Uy tekstili bo‘yicha shourum ochishda ishtirok etish
— Bozor va raqobatchilar tahlili
Ish formati asosan masofaviy, ish jadvali 6/1, soat 8:00 dan 18:00 gacha, vaqti-vaqti bilan shahar bo‘yicha mahalliy vazifalar bo‘ladi.
Maosh:
— 500$
— Agar shaxsiy avtomobilingiz bo‘lsa — 700$
O‘zbek va rus tillarini yaxshi bilish muhim.
O‘z tarafimdan barcha jarayonlarni o‘rgatishga, kurslarga kirish imkonini berishga va vaqt o‘tib boshqaruvchi hamkor darajasigacha rivojlantirishga tayyorman.
Agar ushbu vakansiya sizni qiziqtirsa — “Oткликнуться” tugmasini bosing!
Vakansiya 30-yanvargacha ochiq.