Maktab kadr inspektori

Rahimov School

Maktab kadr inspektori

Ташкент, Шайхантахурский район, махаллинский сход граждан Ибн Сино

Описание вакансии

Rahimov School xususiy maktabi kadr inspektori qidirmoqda.

Biz uchun hozircha sizning CV’ingizdan ko‘ra
fikrlashingiz va mehnat qonunchiligini qanday tushunishingiz muhim.

👉 CV majburiy emas
👉 Vakansiyaga murojaat qilayotganda,
quyidagi savollarga “Сопроводительное письмо” (qo‘shimcha xat) maydonida javob yozishingizni so‘raymiz.

❗ Savollarga javobsiz murojaatlar ko‘rib chiqilmaydi.

🧩 TOPSHIRIQ (10 daqiqalik)

Iltimos, quyidagi 4 ta savolga yozma ravishda javob bering:


❓ 1-SAVOL (CASE)

Ijodiy va yillik ta’til bo‘yicha vaziyat

Maktabda biologiya fani o‘qituvchisi bo‘lib ishlovchi Malika X.
ilmiy ishini yakunlash arafasida. U falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini yozishni yakunlash uchun 3 oylik ijodiy ta’til so‘ramoqda.

Shu bilan birga, u joriy o‘quv yili yakunida o‘zining yillik asosiy mehnat ta’tilini (56 kalendar kun) to‘liq olishni rejalashtirmoqda va ijodiy ta’til sabab yillik ta’til kunlari “yonib ketmasligini” xohlaydi.

👉 Savol:
Kadr inspektori sifatida ushbu holatda qanday qaror qabul qilasiz?
Ijodiy ta’til berish tartibi va undan keyin yillik ta’til huquqi
bor-yo‘qligini mehnat qonunchiligiga tayangan holda tushuntirib bering.

❓ 2-SAVOL (CASE)

Olis hududga ishlashga kelgan pedagog bo‘yicha vaziyat

Toshkent shahridan Qoraqalpog‘iston Respublikasining chekka tumanidagi maktabga
oliy ma’lumotli matematika o‘qituvchisi Akmal D. ishga qabul qilindi. U boshqa hududdan jalb qilingan mutaxassis sifatida yashash joyi, moslashuv va moddiy masalalar bo‘yicha
qanday imtiyoz va qo‘llab-quvvatlashlar mavjudligi bilan qiziqmoqda.

👉 Savol:
Mehnat qonunchiligi va ta’lim sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq, boshqa hududdan kelib, olis tuman maktabida ishlayotgan pedagoglar qanday moddiy yordam va imtiyozlarga ega bo‘lishi mumkin?

Kadr inspektori sifatida siz Akmal D.ga
qanday tushuntirish berasiz va uning huquqlarini
amalda qanday ta’minlaysiz?

❓ 3-SAVOL (CASE)

Maktab rahbariyati bir pedagog xodimdan norozi (dars intizomi va hujjatlarni kech topshirishi sababli) va uni “o‘z xohishiga ko‘ra” ariza yozdirib ishdan bo‘shatmoqchi. Pedagog esa ariza yozishni istamayapti, lekin bosim sezayotganini aytmoqda.

👉 Savol:
Bu vaziyatda qanday huquqiy xatarlar mavjud? Kadr inspektori sifatida qonun buzilmasligi uchun qanday to‘g‘ri yo‘lni taklif qilasiz?

❓ 4-SAVOL

Agar sizga Rahimov School’da 30 kun berilsa, kadrlar tizimida nimani birinchi navbatda tartibga solgan bo‘lardingiz va nega?

📞 KEYINGI BOSQICH QANDAY BO‘LADI?

  • Biz javoblarni o‘qib chiqamiz

  • Yondashuvingiz va fikrlashingiz mos kelsa —
    siz bilan o‘zimiz telefon orqali bog‘lanamiz

  • Keyin qisqa suhbat o‘tkaziladi

📍 MA’LUMOT UCHUN

Iltimos, har bir savolga 5–7 jumladan oshmagan javob yozing.
Qisqa va aniq fikr biz uchun muhim.

Навыки
  • Кадровое делопроизводство
  • Оформление приема на работу
  • Оформление больничных листов
  • Оформление увольнений
  • Russian — C1 — Advanced
  • Табель учета рабочего времени
Посмотреть контакты работодателя

Адрес

Похожие вакансии

Полный день
  • Ташкент

  • до 9000000 UZS

Рекомендуем
Полный день
  • Ташкент

  • до 9000000 UZS

Рекомендуем

Хотите оставить вакансию?

Заполните форму и найдите сотрудника всего за несколько минут.
Оставить вакансию