Ташкент, улица Себзар, 52А
Norbekov markazi – “Masters Club” loyihasi
Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi, offline ishlay oladigan pedagog-psixolog / metodologlarni Norbekov Biznes markazi “Masters Club” loyihasiga ishga taklif qilamiz.
Talablar:
Psixologiya, pedagogika, pedologiya yoki unga yaqin yo‘nalishda oliy ma’lumot
O‘qituvchilar va/yoki trenerlar bilan ishlash tajribasi
Amaliy psixologiya asoslarini bilish (odamlar bilan ishlashga yo‘naltirilgan)
Treninglar uchun metodik yondashuvlarni tushunish va qo‘llay olish
Trenerlar bilan samarali muloqot qila olish, fikr va tavsiyalarni aniq yetkazish
Kuchli kommunikatsiya va kuzatuv ko‘nikmalariga ega bo‘lish
Ishga mas’uliyat bilan yondashish
O‘qituvchilar va trenerlar bilan ishlash, treninglar metodikasini psixologik jihatdan qo‘llab-quvvatlash, jamoa bilan samarali hamkorlik qilish va ta’lim loyihalarida professional rivojlanishni istagan mutaxassislarni jamoamizga taklif qilamiz.
“Masters Club Uzbekistan” loyihasi bu Mirzakarim Norbekov boshchiligida 30 yildan buyon davom etayotgan tadbirkorlar va liderlarning yopiq klubi hisoblanadi.
Biz bilan ishlashning afzalliklari:
Zamonaviy jihozlangan ofis
O‘z vaqtida maosh
Sayohat va safarlarda ishtirok etish imkoniyati
Jamoaviy team building va networking
Bepul bilim olish imkoniyati
Faollik va natijalarga qarab Masters Club mashg‘ulotlarida ishtirok etish
Ish tartibi:
Ish vaqti: 09:00 – 17:00
Ish kunlari: 5/2
Ish formati: offline
📍 Manzil: Sebzor 52A, G‘ofur G‘ulom metrosi yaqinida
TARGET-INTERNATIONAL SCHOOL
Ташкент
до 15000000 UZS